Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Shota Arveladze: «Bunyodkor»dagi maydon holati yaxshi o‘ynashga imkoniyat bermayapti»

Shota Arveladze: «Bunyodkor»dagi maydon holati yaxshi o‘ynashga imkoniyat bermayapti»

Baho:
+ | -

"Paxtakor" bosh murabbiyi "Nasaf" bilan uchrashuvdan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- "Nasaf"ga qarshi o‘ynash doim yoqimli. Sababi raqib hujumkor o‘ynaydi, qobiliyatli yosh futbolchilar to‘p tepishadi. Murabbiy doim taktik tomonlama qiyinchiliklar tug‘dirishga harakat qiladi. Birinchi taymda "Nasaf" klassik uslubda hujumchi ortidagi sxema bilan harakat qildi, ikkinchi taymda esa sxema o‘zgardi, 5-2-3ga o‘tishdi. Ammo biz ham bunga tayyor edik va taktik tomonlama aqlli qarshilik qildik.

Afsuski, "Bunyodkor"dagi maydon holati baribir yanada yaxshi o‘ynashga imkoniyat bermayapti. Bundan keyin tiklanishi ham qiyin bo‘ladi. O‘ylaymanki, mamlakatda stadionlar holatlari yaxshilanib boraveradi. Sababi hujumkor o‘yin namoyish etadigan "Bunyodkor" uchun ham, O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun ham sifatli maydon kerak.

Javohir Sidiqov professional futbolchi. Unga doim ishonganman. U deyarli bir yil davomida jarohatidan davolandi. Qo‘shimchasiga operasiya qilingan joyida ikki bor infeksiya paydo bo‘ldi. Pandemiya vaqtidagi vaqt unga qo‘shimcha imkoniyat bo‘ldi. Mashg‘ulotlar vaqtida juda yaxshi ishlaydi.

Umid qilamanki, OCHLga yaxshi formada yetib boramiz. Yigitlarimiz 3 hafta davomida davolanishganini unutmang. Ruhiy tomonlama ham qiyinchiliklar bo‘ldi. Bugun yigitlar yana bir bor xarakter namoyish etishdi. Masalan, Cheran bugun penaltini Sergeevga berdi. Bu o‘zi qo‘rqqanidan emas, shunchaki Sergeevni qo‘llab-quvvatlash uchun. Buni murabbiylar yoki boshqa odam aytgani yo‘q. Bu jamoa uchun muhim jihatlardan biri.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 00:19, 22.08.2020.
O'qildi: 3003 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.