PSJ darvozaboni Keylor Navas va "Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng Chempionlar ligasi finalida o‘ynashga tayyor.
Kosta-rikalik posbon va nemis himoyachisi mushaklaridagi jarohatdan qutulishdi, shuning uchun yakshanba kuni maydonga tushishlari ehtimoli katta.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi finali Toshkent vaqti bilan soat 00:00da Lissabondagi "Eshtadiu da Lush" stadionida boshlanadi.