Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Fransuzlar nemislarga munosib raqib bo‘ladimi?

Fransuzlar nemislarga munosib raqib bo‘ladimi?

Baho:
+1 | -

Stadion.uz barcha orziqib kutayotgan Yevropa Chempionlar Ligasi finali oldidan qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashadi.

Final oldidan «PSJ» haqida 7ta fakt

— Yarim finalda Parij klubi “Real”ning rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi. 34ta o‘yindan beri maydonni golsiz tark etmayotgan «PSJ» bu ko‘rsatkich borasida “Real” bilan bir xil pog‘onada. Agar Noyer darvozasi ishg‘ol qilinsa, fransuzlar sermahsullik bobida yaqqol peshqadamga aylanadi.

— Parij klubi YECHL finaliga qadar musobaqada 110ta o‘yin o‘tkazdi. Bu ushbu turnirda muntazam ishtirok etuvchi klublar uchun chinakam antirekord sanaladi. Bunga qadar, “Arsenal” final uchrashuvida ishtirok etguniga qadar 90ta o‘yinda maydonga tushgan edi.

— Fransuzlar YECHLda “Bavariya” bilan 8 bor to‘qnash kelgan va 12 bor gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Bunga ishonish mushkul biroq, o‘zaro o‘yinlar borasida Parij klubi “Bavariya”dan oldinda. 8ta o‘yinning 5tasida «PSJ» g‘olib chiqqan. 3ta o‘yin nemislarning g‘alabasi bilan yakunlangan.

— Bu klublar o‘rtasidagi uchrashuvlarda hech qachon durang natija qayd etilmagan.

— Parij klubi bazasidagi jurnalistlarining ma’lum qilishicha, Navas, Veratti va Guye finalga to‘liq tayyor. Shunga qaramay, ularning ilk daqiqalardanoq maydonda ko‘rmasligimiz mumkin. Barchasi Tomas Tuxelning o‘yinga qanday reja tanlashiga bog‘liq.

— Bu mavsumdagi YECHL musobaqasida Parij klubi 10ta o‘yin o‘tkazdi va faqat bir bor mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rdi. E’tiborlisi shundaki, o‘sha mag‘lubiyat “Borussiya Dortmund”dan qabul qilib olingan. Xolandning mahorati evaziga qo‘lga kiritgan g‘alaba javob uchrashuvida yo‘qqa chiqqanidan xabaringiz bor. Tan olish lozim, “Borussiya Dortmund” bilan maydonda kuch sinashgan «PSJ» bilan bugungi «PSJ» o‘rtasida farq katta. Tuxel shogirdlarida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Jamoaviy o‘yin shakllangan va jamoa chempionlik sari dadil odimlamoqda. E’tiborlisi shundaki, klub “Atalanta” bilan dramatik futbol namoyish etgan bo‘lsa, guruh bahslarida “Real”ni yirik (3:0) hisobida mag‘lub etdi. Mehmonda esa, durang qayd etdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Tuxel shogirdlari turli uslubdagi klublar bilan o‘yinlarda o‘zini yo‘qotib qo‘ymayapti.

— Parij klubining final oldidan eng katta yutug‘i shundaki, Tuxel jamoasi gol kiritishi uchun bir futbolchining mahorati talab etilmaydi. Misol uchun Robert Levandovskisiz “Bavariya” hujumda oqsab qolishi aniq. Parijliklar esa, oldingi chiziqda ancha kreativroq ko‘rinmoqda. So‘nggi zarba borasida benazir Ikardi, tezkor Mbappe, texnikani sevuvchi Neymar va aqlli paslar ustasi Di Mariyadan tashkil topgan hujum chizig‘i rang-baranglikni ta’minlab berishi turgan gap. Agar, mudofaa pand bermasa, finalda «PSJ» ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lishi aniq.

Final oldidan “Bavariya” haqida 7ta fakt

— Nemis klubi bu mavsumdagi YECHL uchrashuvlarining barchasida g‘alaba qozondi. “Olimpiakos” va “Srvena Zvezda” jamoalarini inobatga olmasa, Flik shogirdlari kuchli beshlik klublari bilan to‘qnash keldi va barcha uchrashuvlarda yirik hisobda g‘alaba qozondi.

— YECHLning bu mavsumida “Bavariya” umimiy hisobda 42 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qildi. O‘tgan mavsumda bu ko‘rsatkich 30tadan oshmagan edi. “Bavariya”dan so‘ng, sermahsullik bobida «PSJ» bormoqda. Tuxel shogirdlari hisobida 25ta gol mavjud.

— Nemis klubi har bir o‘yinda o‘rtacha 4,2ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Bunaqasi anchadan beri nufuzli musobaqalarda kuzatilmayapti.

— «PSJ» singari “Bavariya”da ham muhim o‘yin oldidan katta yo‘qotishlar yo‘q. Faqat Jerom Boatengda kichik jarohat bor xolos. Bu ham nemislarga qo‘l kelishi mumkin. Sababi, uning o‘rnini egallashi aniq bo‘lgan Nikolas Zyule ajoyib sport formaga kirib bormoqda.

— Robert Levandovski ushbu musobaqa to‘purarligini allaqachon o‘ziniki qilib bo‘ldi. Polyak hisobida 15ta gol mavjud. Xolandda 10ta va Gnabrida 9ta. Agar Robert finalda ikkita to‘p kiritsa, musobaqa tarixidagi eng yaxshi to‘purar – Ronaldu bilan tenglashib oladi. Hozircha, YECHLning bir mavsumida hech kim Ronaldu singari 17ta gol kiritmagan.

— Parij klubi hujum markazida Levandovski bo‘lishiga qaramay, Myunxen klubining barcha futbolchilarini qo‘riqlashi lozim. Sababi, YECHLning bu mavsumida “Bavariya”ning naqd 9ta futbolchisi gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Bu ro‘yxatda “chaqmoq” Devisning yo‘q ekanligini inobatga olsak, «PSJ» himoyasiga oson bo‘lmasligi aniq. Keskir paslar borasida ham “Bavariya” futbolchilari mutlaq yetakchilik qilmoqda.

— Myunxen klubi qatorasiga 20ta rasmiy uchrashuvdan beri g‘alaba qozonib kelmoqda. Ajoyib seriya fevralyoyida “RB Leypsig” bilan (0:0) o‘yindan so‘ng boshlandi. Mana bir necha oydan beri hech qaysi klub “Bavariya”dan ochko olmadi. Zaxira o‘rindig‘ining “uzunligi”, kuchli pressing va yuqori darajadagi ijrochilar “Bavariya”ni so‘nggi oylarda yengilmas jamoaga aylantirdi.

Taxminiy tarkib

«PSJ» (4—3—3): Navas (Riko) – Kerer, Silva, Kimpembe, Bernat – Guye (Errera), Markinyos, Verratti – Di Mariya, Neymar, Mbappe.

«Bavariya» (4—2—3—1): Noyer – Kimmix (Pavar), Boateng (Zyule), Alaba, Devis – Goreska (Kimmix), Tyago – Gnabri, Myuller, Perishich (Koman) – Levandovski.

Fransuzlar nemislarga munosib raqib bo‘ladimi?

Uchrashuv oldidan muxlislarning katta qismi “Bavariya” yaqqol favorit ekanligiga shubha qilmayapti. To‘g‘ri, Myunxen klubi yarim final uchrashuvida juda sovuqqon harakat qildi va birinchi bo‘limdan so‘ng, final haqida bosh qotirishni boshladi. «PSJ» esa, ilk bor finalga chiqqani uchun juda mamnun kayfiyatda nishonladi. Aynan shu omilning o‘zi klublarning darajasidan darak bermoqda. Aslida, so‘nggi 10 yil ichida atigi 2 bor YECHL finalida favoritlar nisbatan kuchsizroq ko‘ringan jamoalarga imkoniyatni boy bergan. Eng qizig‘i shundaki, ikkita finalda ham “Bavariya” oltin medallardan quruq qolgan. Avvaliga, Lui Van Galning “Bavariya”si “Inter”dan “shapaloq” yegan bo‘lsa, keyinroq “Chelsi” nemislarni o‘z uyida penaltilar seriyasida mag‘lub etgan edi. Vaholanki, o‘sha bahslarda “Bavariya” yaqqol fovorit sanalgan, lekin yakunda jamoa kuboksiz Myunxenga qaytib ketishga majbur bo‘lgan edi.

Final yakunlangach, Yevropa Chempionlar Ligasi kubogi musobaqani yaxshi o‘tkazgan jamoaga emas, finalda g‘alaba qozongan klubga topshiriladi. Shu sababli, final uchrashuvining hushtagi chalinmaguniga qadar, ikki nemis mutaxassislarida imkoniyat bir xil.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 16:10, 23.08.2020.
O'qildi: 4541 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.