"Breshia" yarimhimoyachisi Sandro Tonali tez orada "Inter" tarkibiga qo‘shiladi. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, tomonlar yosh yarimhimoyachining transferi borasida kelishib olishgan. Tonali "Inter" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Shuningdek "Inter" yarimhimoyachining transferi uchun 35 million yevro to‘laydi.