Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

UEFA superkubogi-2020 haqida batafsil ma’lumot

UEFA superkubogi-2020 haqida batafsil ma’lumot

Baho:
+ | -

2020 yilgi UEFA superkubogi haqidagi barcha ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Qachon va qayerda?
UEFA superkubogi 24 sentyabr kuni Budapesht shahridagi "Pushkash Arena" stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda Yevropa ligasi g‘olibi "Sevilya" va Chempionlar ligasi g‘olibi "Bavariya" klublari to‘qnash kelishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

Avvalgi yillarda UEFA superkubogi Praga (2013), Kardiff (2014), Tbilisi (2015), Tronxeym (2016), Skopye (2017), Tallin (2018) va Istanbul (2019) shaharlarida o‘tkazilgan. Ungacha esa uchrashuv doimiy ravishda Monakoda tashkil etilgan.

2020 yilgi bahs dastlab 12 avgust kuni Portu shahridagi "Dragau" stadionida o‘tkazilishi kerak edi. Ammo COVID-19 pandemiyasi tufayli o‘yin Budapeshtga ko‘chirildi.

Tomoshabinlar kiritiladimi?
Hozirda UEFA tasarrufi ostidagi barcha musobaqalar bo‘sh stadionlarda o‘tkazilmoqda. UEFA 19 avgust kuni tashkilotga a’zo barcha 55 milliy assosiasiyalar bilan videokonferensiya o‘tkazib, tomoshabinlarni asta-sekin stadionlarga qaytarish imkoniyatini muhokama qildi. UEFA superkubogi uchrashuviga esa cheklangan miqdorda muxlislarning kiritilishi rejalashtirilmoqda.

UEFA superkubogi nima?
Ikkita yevrokuboklarning g‘oliblari o‘rtasida o‘yin tashkil qilish g‘oyasi niderlandiyalik jurnalist Anton Vitkampga tegishli. Chempionlar kubogi/Chempionlar ligasi g‘olibi doimo unda ishtirok etib kelgan. Ikkinchi ishtirokchi sifatida turli yillarda yo Kubok egalari kubogi (1972-1999), yoki UEFA kubogi/Evropa ligasi (2000-...) g‘olibi tanlangan.

Kim ko‘p g‘olib chiqqan?
2019 yilda UEFA superkubogini "Liverpul" qo‘lga kiritgan. Ammo YECHL g‘olibi hamisha ham Superkubokda g‘alaba qozonavermagan. Shu paytgacha Superkubok uchun o‘tkazilgan 44ta bahsning 24tasidagina Chempionlar kubogi/CHempionlar ligasi sohibi g‘alaba qozongan. "Barselona" va "Milan" klublari UEFA superkubogini qo‘lga kiritish bo‘yicha rekordchi hisoblanishadi — 5 martadan.

Keyingi UEFA superkubogi uchun bahslar qayerda o‘tkaziladi?
Keyinga 3 yilda UEFA superkubogi uchun uchrashuv quyidagi shaharlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan: Belfast (2021), Xelsinki (2022) va Qozon (2023).

Manba: uefa.com
Kiritildi: 06:20, 24.08.2020.
O'qildi: 5850 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик