Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Tuxel: «Birinchi biz gol urganimizda, 1:0 hisobida g‘alaba qozonar edik»

Tuxel: «Birinchi biz gol urganimizda, 1:0 hisobida g‘alaba qozonar edik»

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Tomas Tuxel Yevropa chempionlar ligasi finalidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz borimizni berdik. Maydonda o‘z yuragimizni va kuchimizni qoldirdik. Finalda bu narsa kerak, ammo hech kim natijani kafolatlay olmaydi. Birinchi gol o‘yin taqdirini hal qilishini taxmin qilgandim.

Ikki o‘ta kuchli jamoalar to‘qnashuvida o‘yin taqdirini bitta gol hal qildi. Jamoam ko‘rsatgan xarakterdan, so‘nggi bir nechta uchrashuvlarda ko‘rsatgan o‘yinimiz bilan faxrlanaman. Murabbiy sifatida bundan ortig‘ini so‘ray olmayman. Ha, hafsalam pir bo‘ldi, ammo juda og‘riqli emas.

Gol — bugun bizga yetishmagan yagona narsa. Biz vaziyatlar yaratdik, ammo raqib gol urdi. Ishonchim komil, agar birinchi bo‘lib biz gol urganimizda, 1:0 hisobida g‘alaba qozonar edik. Juda yaxshi o‘yin namoyish etgan daqiqalarimiz bo‘ldi. Ba’zida esa sabr qilishimizga to‘g‘ri keldi. Yakunda esa vaziyatlardan foydalanish pand berdi. Kilian va Neymar hamisha gol urishlarini istaymiz, ammo buni doimo talab qilishning imkoniyati yo‘q», — dedi Tuxel.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 07:30, 24.08.2020.
O'qildi: 2876 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик