Kirish Ro'yxatdan o'tish

Toshkentda O‘FA «S» lisenziyasi dasturi bo‘yicha murabbiylik kurslari bo‘lib o‘tmoqda

Toshkentda O‘FA «S» lisenziyasi dasturi bo‘yicha murabbiylik kurslari bo‘lib o‘tmoqda

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi yurtimizda murabbiylik sohasini rivojlantirish hamda murabbiylar malakasini oshirish maqsadida muntazam ravishda qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

20 avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi qoshidagi Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida (FMTM) «S» lisenziyasi bo‘yicha O‘FA murabbiylik kurslarining ikkinchi moduli boshlandi.

O‘quv jarayoni o‘qituvchi Shamil Iseev rahbarligida olib borilmoqda. Modul nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi.

Kursda 20 nafar murabbiy qatnashmoqda. O‘quv kurslarida mashhur futbolchilardan – Ignatiy Nesterov, Sadriddin Abdullayev, Kamoliddin To‘jiyev, Dilorom Tulanova ishtirok etmoqda.

Imtihonni muvaffaqiyatli topshiradigan murabbiylar yakunda 3 yil muddatga «S» lisenziyasiga ega bo‘ladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 12:30, 24.08.2020.
O'qildi: 2001 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик