Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

«Navbahor»ning 6 futbolchisida koronavirus aniqlandi

«Navbahor»ning 6 futbolchisida koronavirus aniqlandi

Baho:
+ | -

Ertaga Coca Cola Superligada 12-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Tur doirasida AGMK va “Navbahor” jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi.

COVID-19 tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va karantin davridan chiqish vaqtida “Futbol bo‘yicha mamlakat chempionati va kubogi uchrashuvlarini va mashg‘ulotlar jarayonini qaytadan boshlash” bo‘yicha ishlab chiqilgan Reglamentning 3.2.1 bandiga asosan, toza hudud sanaluvchi stadionga faqatgina kasallikning har qanday simptomi bo‘lmagan shaxslargina qo‘yiladi. Ushbu shaxslarning o‘yin boshlanishiga 48 soatdan kam qolmagan vaqt oralig‘ida COVID-19ga PZR usuli bilan topshirgan testlari natijalari manfiy bo‘lishi lozim.

“Navbahor” jamoasining AGMK bilan bahs oldidan topshirgan testi xulosalariga ko‘ra, klubning 6 nafar futbolchisi, shuningdek 5 nafar xodimida PZR natijalari musbat chiqqan. Shu sababli ayni paytda mazkur futbolchi va xodimlar alohida izolyasiyaga olingan va shifokorlar nazorati ostida bo‘lib turibdi. Klub ixtiyorida bo‘lgan qolgan futbolchilarning ahvoli hozircha qoniqarli. O‘zPFL qoshida tashkil qilingan tajribali shifokorlardan iborat komissiya jarayonni to‘liq nazorat qilib bormoqda.

Ertangi o‘yinda O‘zPFL komissiyasi a’zolari – Nasiba Alimova va Bobur Abdazov uchrashuv davomida ham “Navbahor” jamoasiga yaqindan ko‘mak beradi.

Qayd etish joiz, mazkur Reglamentning 3.2.2 bandiga ko‘ra, agar jamoa ixtiyorida 16 nafardan kam bo‘lmagan maydondagi futbolchilar va 2 nafar darvozabon bo‘lsa, klub o‘yinga tayyor deya hisoblanadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:02, 24.08.2020.
O'qildi: 3172 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик