Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Prevyu. «Andijon» - «Paxtakor»

Prevyu. «Andijon» - «Paxtakor»

Baho:
+ | -

Superligada birinchi davraning so‘nggi o‘yinida jamoamiz "Andijon" bilan maydonga tushadi.

Bellashuvni har ikki jamoadan bir nafardan futbolchi sariq kartochkalar diskvalifikasiyasi tufayli o‘tkazib yuboradi. "Paxtakor"dan Yegor Krimes, "Andijon"dan Usmonali Ismonaliyev maydonga tusha olmaydi.

Hozirga qadar jamoalar chempionatlarda 48 bor to‘qnash kelishgan. Ulardan 36tasida "Sherlar" g‘alaba qozongan bo‘lsa, 8 bahsda durang natija qayd etilgan. Faqat 4 marta "Andijon" futbolchilari muvaffaqiyatga erishgan. Raqib darvozasini 120 marta ishg‘ol qilgan jamoamiz 34 gol o‘tkazib yuborgan. Safardagi bellashuvlarda 14 g‘alaba, 6 durang va 4 mag‘lubiyatga egamiz. Mehmonda 45 to‘p kiritgan holda darvozamizdan 17 gol olib chiqqanmiz. Jami g‘alabalarning 15tasi raqib ustidan yirik hisobdagi natijalar bilan qo‘lga kiritilgan. O‘tgan mavsumda har ikki uchrashuvda "Paxtakor" yirik hisobda zafar quchgan - uyda 5:1, mehmonda 3:0.

O‘zaro o‘yinlar to‘purari Server Jeparov hisoblanadi. U andijonliklar darvozasiga 8 to‘p kiritishga erishgan. Sobir Xodiyev, Zayniddin Tojiyev va Baxtiyor Hamidullayev 7tadan gol urgan. Azamat Abduraimov va Leonid Koshelev hisobida 5ta to‘p bor. Ravshan Bozorov, Dilmurod Nazarov, Igor Sergeev hamda Dragan Cheran raqib darvozasiga 4 to‘p kiritishni uddalagan. Otabek Pirmatov esa har ikki jamoa uchun gol muallifi bo‘lgan.

"Andijon" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 27 avgust, payshanba kuni "Lokomotiv" stadionida soat 19:00da boshlanadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 14:09, 26.08.2020.
O'qildi: 2729 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.