Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Andrey Shipilov: «Bugungi g‘alabamizni shifokorimizga bag‘ishlaymiz»

Andrey Shipilov: «Bugungi g‘alabamizni shifokorimizga bag‘ishlaymiz»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 12-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Metallurg" (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Andrey Shipilov o‘z fikrlarini bildirdi.

"Ikkinchi restartni yomon boshladik. Oldingi ikki turda "hayotimiz shirin" bo‘lmadi. Birida ilk taymni yaxshi o‘tkazdik. Keyingisida ikkinchi taymda “to‘p surdik”. Bugun esa ikkala taymda ham yaxshi o‘ynay oldik. Yigitlar harakat qilishdi. Natija qanday bo‘lishidan qat’iy nazar bugun shogirdlarimning o‘yinidan qoniqqanligimni aytardim.

Ravshan Haydarovning imzosi ko‘rinib turibdi. Qisqa vaqt ichida uning falsafasi jamoaga singdirilgan. Bu kishiga qarshi kurash olib borish yoqimli bo‘ldi. Hisob tenglashganida yana gol ura olishimizga ishondim. Bugun mag‘lub bo‘lganimizda adolatdan bo‘lmasdi, sababi biz to‘pga egalik qildik va tashabbusga ega edik.

G‘alaba qozondik va noxush seriyamiz yakunlanganidan xursandman. Ketma-ket uchta o‘yinda ochko ololmaslik yomon bo‘lardi. Oldimizda hali qiladigan ishlar ko‘p. Keyingi turdagi raqibimiz "Mash’al" juda ham "jonli" jamoa. Keyingi o‘yinga katta mas’uliyat bilan tayyorgarlik ko‘ramiz.

Balki bugun chiroyli futbol bo‘lmagandir, ammo natija qo‘lga kiritildi. Ba’zida shunday ham qilish kerak. Futbol o‘ynashga harakat qilayapmiz.

Har bir mashg‘ulot va har bir o‘yinda professionalliklarini isbotlash kerakligini aytaman. Davron Anvarov o‘yindan-o‘yinga o‘z o‘yinini kuchaytirmoqda. Oldingi o‘yinlarda bir taymdan o‘ynayotgandik, professional futbolchilar esa ikki taym o‘ynashi kerak.

Bugun Chumak va Otaxonovning tug‘ilgan kuni edi. G‘alaba ularga ajoyib sovg‘a bo‘ldi. Ammo men bugungi g‘alabamizni jamoamiz shifokoriga bag‘ashlagan bo‘lardim. Sababi u so‘nggi haftalarda juda katta hajmdagi ishni bajardi. Aytish mumkin bo‘lsa mavsum oxirigacha shifokorimiz bosh murabbiydan ham muhimroq shaxsga aylandi. Unga katta rahmat aytmoqchiman. Bugungi g‘alaba uning g‘alabasi", - deydi Andrey Shipilov.

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 14:11, 26.08.2020.
O'qildi: 2040 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик