«Barselona» prezidenti Jozep Mariya Bartomeu jamoa sardori Lionel Messi bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.
"Marca" tarqatgan xabarga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" rahbari argentinalik futbolchi bilan uchrashib, u aynan nimadan norozi bo‘layotganiga oydinlik kiritmoqchi. Bartomeu muammoni aniqlab, so‘ngra uni bartaraf etish orqali Messini klubda olib qolmoqchi.