O‘zbekiston Superligasi 12-tur o‘yinlari yakuniga yetdi. Har doimgidek tur lauretlarini e’lon qilishda davom etamiz.
Stadion.uz talqiniga ko‘ra, Superliga 12-turining eng yaxshi murabbiyi deb “Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladze topildi.
Shota jamoasi bu turda "Lokomotiv"ni yirik 7:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu g‘alabadan keyin "sherlar" turnir jadvalida yakka peshqadamga aylanib oldi.