Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Tottenhem”ga himoyachi kerak

Angliyaning “Tottenhem” klubi o‘ng qanot himoyasini kuchaytirmoqchi.

Kayl Pitersning “Sautgempton” safiga o‘tib ketishi va Serj Oryening “Milan” bilan muzokaralar olib borayotgani sababli “shporlar” zudlik bilan o‘ng qanot himoyachisi sotib olishi lozim.

“Football London” nashri bergan ma’lumotga qaraganda, klub nishonida “Vulverhempton” fulbeki Mettu Doerti turibdi.

28 yoshli irland klub safida 2013-yildan beri to‘p surib kelmoqda. U jamoa bilan 3-dviziondan APLga qadar ko‘tarildi va ayni damda o‘z nuqtasidagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo‘lib turibdi.

Universal himoyachining “bo‘rilar” bilan tuzgan shartnomasi 2023-yilda o‘z yakuniga yetadi. “Tottenhem” uni qo‘lga kiritish uchun 10 milliondan voz kechishga tayyor.

Iguain APLda?!

Turinning “Yuventus” klubi forvordi Gonsalo Iguain faoliyatini APLda davom etiradigan ko‘rinadi.

“Le repubblica” nashrining ma’lum qilishicha, 32 yoshli argentinalik hujumchi bilan “Aston Villa” va “Vest Hem” klublari jiddiy qiziqib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, “zebralar” ustozi Pirloning ma’lum qilishicha, Iguain ushbu yozda klubi erkin agent maqomida tark etadi.

“Benfika” jiddiy kirishdi

 

Portugaliyaning “Benfika” klubi Edinson Kavani bilan kelisha olmagach, bor e’tiborini “Real” hujumchisi Mariano Diasga qaratmoqda.

“Record” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, “Burgutlar” Diasni qo‘lga kiritish uchun uni avvaliga bir mavsumga ijaraga olishni reja qilmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, “qirollik klubi” dominikanlik hujumchini o‘z safida olib qolmoqchi emas va katta ehtimol bilan Mariano kelasi mavsumni “Benfika” safida o‘tkazadi.

“Lids”dan navbatdagi transfer

APLga qaytishini katta transferlar bilan nishonlayotgan “Lids” “Arsenal” himoyachisini nishonga oldi.

“Taem Talk”ning ma’lum qilishicha, “Lids” nishonida “Arsenal” himoyachisi Kelum Chembers bor.

25 yoshli himoyachini Mikel Arteta o‘z kelajak rejalariga kiritmagan. Shu bois, klub ingliz futbolchisini arzonroq summa evaziga ham qo‘yib yuborishi mumkin.

Manbaning ma’lum qilishicha, “Lids” ushbu himoyachini kelasi haftada 12 million funt evaziga sotib oladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 10:53, 27.08.2020.
O'qildi: 10900 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик