Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Yaxshiboyev penaltidan foydalana olmadi. «Shaxtyor Soligorsk» ilk saralash bosqichidayoq Yevropa Ligasini tark etdi

Yaxshiboyev penaltidan foydalana olmadi. «Shaxtyor Soligorsk» ilk saralash bosqichidayoq Yevropa Ligasini tark etdi

Baho:
+1 | -

Yevropa Ligasi musobaqasining 1-saralash bosqichida Soligorskning «Shaxtyor» jamoasi «Sfintul George»ga qarshi bahs olib bordi.

O‘yinni zaxirada boshlgan Jasur Yaxshiboyev ikkinchi bo‘lim boshida maydonga tushirildi.

O‘yining asosiy bo‘limlarida g‘olib aniqlanmadi. Qo‘shimcha bo‘limlar mehmonlarning kichik ustunligida o‘tdi. Unda ham hisob o‘zgarmagach penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. «Shaxtyor» safida birinchi bo‘lib 11 metrlik nuqtaga Yaxshiboyev yaqinlashdi, ammo uning zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Mezbonlar safida faqat Aleksandr Sachivko penaltini aniq amalga oshirdi, mehmonlardan esa to‘rt futbolchi mo‘ljalda adashmadi.

Shuningdek, yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Shoxruh Gadoyev to‘p suradigan «Keshlya» jamoasi «Lyachi» bilan kuch sinashdi. Gadoyev qatnashmagan bu o‘yin ham penaltilar seriyasiga qadar yetib bordi va unda albanlarning qo‘li baland keldi.

Shu tariqa «Shaxtyor» va «Keshlya» ilk saralash bosqichidayoq musobaqa bilan xayrlashdi.

Yevropa Ligasi, 1-saralash bosqichi

«Shaxtyor Soligorsk» Belarus — «Sfintul George» Moldova 0:0

Penaltilar seriyasi — 1:4

«Shaxtyor Soligorsk»: Gutor, Burko, Xadarkevich, Begunov (Sotnikov, 105), Sachivko, Ivanovich (Balanovich, 46), Selyava, Kendish (Szoke, 68), Podstrelov, Arxipov (Yaxshiboyev, 46), Bodul.

«Sfintul George»: Chebotar, Foksha, Novikov, Svinarenko, Ojog, Sanya (Plemedyale, 84), Slivka, Mochulyak (Yurku, 79), Smirnov, Mandrichenko (Suvorov, 90), Volkov.

Ogohlantirishlar: Slivka (55), Mochulyak (72), Szoke (88), Mandrichenko (90), Sachivko (112), Raylyan (120).

Kiritildi: 05:14, 28.08.2020.
O'qildi: 6236 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.