«Barselona» hujumchisi Lionel Messi va «Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbatning ayrim tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.
Argentinalik futbolchi seshanba kuni "Barsa" ofisiga jamoani tark etish haqidagi faksni yuborgach, birinchi bo‘lib Gvardiolaga qo‘ng‘iroq qildi. "Men yana 2ta "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishni istayman va buni faqat sen bilan amalga oshirishim mumkin", dedi Messi murabbiyga.
Bu haqda jurnalist Kritobal Soriya xabar tarqatdi.