Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

O‘zPFL Superliganing barcha klublariga minnatdorchilik bildiradi

O‘zPFL Superliganing barcha klublariga minnatdorchilik bildiradi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Pandemiya Coca Cola Superliga uchrashuvlarida ketma-ket ikki marta kutilmagan tanaffuslarga sabab bo‘ldi. Shunga qaramay, biz barcha klublar bilan birgalikda birinchi davra uchrashuvlarini yakunlashga erishdik. 

Uchrashuvlarni qayta tiklash uchun birinchi galda SES bilan kelishgan holda yo‘riqnoma ishlab chiqildi. Ikkinchi safar esa alohida Reglament ishga tushdi. Albatta, Reglament talablariga javob berish hech kim uchun oson bo‘lmadi. Bu talablar futbolchilar va umuman o‘zimizning sog‘ligimiz, oilamiz tinchligi yo‘lida muhim faktor edi. Mana shunday murakkab davrda Superliga klublari birlasha oldi, biz barchamiz sentyabrga qadar birinchi vazifani uddalashga erishdik. 

Ish bor joyda kamchilik bo‘lishi tabiiy. “Paxtakor” va “Lokomotiv” klublari markazlashgan musobaqa uchun o‘zlarining mashg‘ulot maydonlarini ham berishga rozi bo‘lishdi, “Bunyodkor” akademiyasi esa o‘rinbosarlar uchrashuvlarini o‘zida qabul qildi. Shuningdek, AGMK va “Metallurg” klublari o‘z uylarida mehmon kutishdi. Bu orada qandaydir kamchiliklar kuzatilgan bo‘lsa, O‘zPFL buning uchun uzr so‘raydi va vaziyatni to‘g‘ri baholashingizga ishonadi.  

Viloyatlarimiz jamoalari esa yanada murakkab davrdan o‘tishdi. Ular oilalaridan uzoqda bo‘lib, muxlislar uchun to‘p tepishdi. Biz barcha 14 klub futbolchilarining mehnatlari, mashaqqatlari hamda intilishlarini qadrlaymiz, ularga matonatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Ko‘rinyaptiki, futbol muxlislari uchrashuvlarni stadionlardan turib kuzatishni sog‘inishdi. Mana shunday vaqtda uchrashuvlarni jonli efirga olib chiqishda, o‘yinlar vaqti va joyi o‘zgarishi bo‘yicha masalalarni tartibga solishda ko‘rsatgan yordami uchun “Sport” telekanaliga, shuningdek, barcha uchrashuvlarda xavfsizlik masalasida katta ko‘mak bergan IIV xodimlariga minnatdorchilik bildiramiz.

Bugungi kunlar O‘zbekiston futboli tarixidan joy oladi. Musobaqalar davom etishi yo‘lida biz barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, yangidan-yangi burilishlar yasay oldik. Pandemiya davrida barchamiz ko‘p jabhalarda saboq oldik, ko‘p narsa o‘rgandik. Umid qilamizki, bunday davr tez orada ortda qoladi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi ishchi xodimlari Siz azizlar uchun mehnat qilishda va albatta muxlislar kutgan yangiliklarni sekin-asta joriy etishda davom etadi. Tashkilotimiz nomidan barcha muxlislarimizni istiqlol bayrami bilan muborakbod etamiz. Yurtimiz tinch, oilalarimiz baxtiyor, ishlarimiz barokatli bo‘lsin!

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:10, 29.08.2020.
O'qildi: 2462 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик