Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Rus nashri: "U dribling ustasi"

Rus nashri: "U dribling ustasi"

Baho:
+ | -

Moskvaning “Spartak” klubi a’zosiga aylangan hamyurtimiz Oston Urunov kuni kecha “Arsenal” (2:1) jamoasiga qarshi uchrashuvda debyut qildi. Atigi 20 daqiqa maydonda harakat qilgan bo‘lsada, bu taniqli futbol jurnalisti Natalia Yurinaning e’tiboridan chetda qolmadi.

Afsuski, Oston “Spartak” safida biroz qiyin kunlarda debyut qildi. Muxlislarsiz o‘tkazilayotgan futbol uchrashuvlari, turli videorolik va memlarsiz yangi jamoa libosini kiygan Ostondan jamoaning umidi katta. Koronavirus sababli yuzaga kelgan vaziyat uning debyut uchrashuvining effektini sezilarli darajada kamaytirb yubordi. Shunga qaramay, asosiysi u “Spartak” libosini kiydi va maydonga tushdi.

Katta ehtimol bilan Oston “Spartak”jamoasining hujumlarida rang-baranglikni taminlash uchun harid qilingan futbolchi. Bundan tashqari, Zelimxan Bakayevni istalgan daqiqada almashtirishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ajab emas. To‘g‘ri, Oston faqat 6-turga kelibgina maydonga tushish imkoniga ega bo‘ldi. Unda ham “Spartak”ning “abadiy zaxira” futbolchisi Gus Tillning o‘rniga majburan “jangga” tashlandi. Gus maydonga tushdi va 10 daqiqadan so‘ng jarohat oldi. Murabbiy yosh o‘zbekka imkon berdi va katta ehtimol bilan adashmadi.

Pozisiya

“Spartak” 3-5-2 sxemasidan voz kechmadi. Hatto bir kishi bo‘lib ko‘p harakat qilayotgan paytda ham o‘z sxemasiga sodiq qoldi. Ikkinchi bo‘limda Danil Lesovning qizil kartochka olishi poytaxt klubining erkinroq harakat qilishi uchun imkon yaratdi. O‘yinning 70-daqiqasidan boshlab “Spartak” markazida Aleks Kral – Roman Zobnin – Oston Urunov uchligi ko‘rinish berishni boshladi. 20 daqiqa davomida Kral va Zobnin himoyaga yaqin harakat qilgan bo‘lsada, Oston hujumga yaqinroq nuqtada to‘p surdi. Shunga qaramay, Urunov bir necha bor maydon markaziga qadar yetib keldi va jamoaviy hujumni rivojlantirishda faol ishtirok etdi.

Ijobiy tomoni

E’tiborimni tortgan jihat shundaki, Oston himoyachilar zich joylashgan nuqtalarda ham jamoadoshlari uchun bo‘shliq yaratishga muvaffaq bo‘ldi. “Arsenal” juda chuqur himoyalanganiga qaramay, Oston o‘z klassini namoyish eta oldi. O‘yin davomida amalga oshirilgan 22 uzatmaning 75 foizi oldinga yetazildi. Bu statistika uning chinakam hujumkor yarim himoyachi ekanligidan dalolat bermoqda.

Bundan tashqari, u dribling ustasi ekanligini amalda ham isbotlab qo‘ydi. Qisqa muddat maydonda bo‘lganiga qaramay, Oston uch bor raqiblaridan driblingda o‘tib ketishga urundi va ularning ikkitasi ijobiy yakunlandi.

Eng muhimi shundaki, Oston jamoaning asosiy hujum quroli Larsson bilan tezda til topishib oldi. Maydonda ijro etilgan eng havfli uzatmasini ham aynan shvedga yetkazib bergani so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Afsuski, Sobolev bilan “aloqa” yaxshi o‘rnatilmagani ko‘rinib qoldi. Umid qilamizki, bu muammo o‘yin amaliyoti kelishi bilan o‘z yechimini topadi.

Salbiy jihatlari

To‘g‘risi, uning o‘yinida biroz ishonch yetishmadi. Buni debyut o‘yini bilan bog‘lash mumkin, biroq ortiqcha xayajon sal bo‘lmasa “Spartak”ni ochkodan mahrum qilishi mumkin edi. U o‘yin davomida ikki bor to‘pni yo‘qotib qo‘ydi. Yaxshiyam-ki, jamoa bu xatolarni yopib ketdi. Aks holda, Urunov ruhiy bosimda qolib ketishi mumkin edi.

Kishi dilini xira qilgan yana bir omilga to‘xtalib o‘tmoqchiman. Oston “Spartak” safidagi ilk uchrashuvida jamoaviy pressingda biroz sustkashlikka yo‘l qo‘ydi. Bu borada o‘sish lozim. Sababi, ayni damda “Spartak” intensivlik borasida RPLda yaqqol yetakchi. Oston raqibni maydon markazida agressiv kutib olishdan ko‘ra, chaqqonlik evaziga to‘pni olib qo‘yishga urunmoqda. Undan farqli o‘laroq, Reziuan Mirzov darhol keskinlikni oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Tadesko :

“Yaxshi debyut. Boshida biroz asabiylashgani sezilib qoldi. Buni tushunish mumkin. Bu Oston uchun yangi klubida va yangi stadiondagi ilk o‘yin edi. Maydonga tushgach, to‘pni yo‘qotib qo‘ydi, ammo tezda o‘ziga keldi va o‘yinga kirishib ketdi. U judayam yaxshi futbolchi. Shunchaki, Ostonga biroz vaqt kerak. Biz olg‘a surayotgan futbolni anglab yetishi uchun vaqt talab etiladi. Biz unga yetarlicha vaqt va imkoniyat taqdim etamiz. Bundan tashqari, Ostonni tashqi bosimdan ham himoya qilishga harakat qilamiz. Ishlashda davom etamiz. Umid qilamanki, barchasi o‘z o‘rnida bo‘ladi.”

Tadeskoning so‘zlariga ishonish mumkin. Sababi, aynan uning hizmatlari evaziga Kral va Zobninlar yangi qirralarini kashf etishga muvaffaq bo‘ldi. Yoshlar bilan ishlash borasida ham Tadesko chinakam professional. Larsson, Umyarov, Maslov singari yoshlar jamoaviy pressingda barchadan faol bo‘lishiga undagan murabbiy Ostonni ham yangi darajaga olib chiqishi aniq. Shunchaki, o‘zbek futbolchisiga imkon berish lozim.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 12:53, 31.08.2020.
O'qildi: 13309 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.