Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

UZREPORT UYEFA Millatlar ligasi musobaqasi yangi mavsumining eksklyuziv translyasiya huquqini qo‘lga kiritdi

UZREPORT UYEFA Millatlar ligasi musobaqasi yangi mavsumining eksklyuziv translyasiya huquqini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

UZREPORT axborot agentligi (UZREPORT TV va FUTBOL TV) UYEFA Millatlar ligasi musobaqasining yangi mavsumini O‘zbekiston Respublikasi hududida eksklyuziv translyasiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.

UYEFA Millatlar Ligasi Yevropaning milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladigan yangi xalqaro turnir bo‘lib, musobaqada UYEFAning 55ta terma jamoasi ishtirok etadi.

Ushbu turnirni o‘tkazish g‘oyasi UYEFAning sobiq prezidenti Mishel Platiniga tegishli. Yangi turnirning asosiy maqsadi milliy terma jamoalar o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvlariga qiziqishni oshirish, shu bilan birga, yangi tijoriy imkoniyatlarni yaratishdan iborat.

Yangi musobaqaning birinchi mavsumi 2018/19 yillarda bo‘lib o‘tdi. O‘sha musobaqaning eng qiziqarli o‘yinlari UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarida jonli efirda namoyish qilingandi.

Endilikda 3 sentyabrdan Millatlar ligasining yangi mavsumi boshlanadi.

Jumladan, 3 sentyabr kuni Germaniya - Ispaniya hamda Rossiya - Serbiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar muxlislar e’tiboriga jonli efirda namoyish qilinadi. Har ikki uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.

Millatlar ligasi musobaqasi ko‘plab muxlislar orasida katta qiziqishga sabab bo‘lmoqda. Bu musobaqadan o‘rin olgan uchrashuvlar joriy mavsumning haqiqiy bezagi bo‘lishiga shubha yo‘q.

UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarida mavsumning eng qiziqarli musobaqalaridan o‘rin olgan shiddatli uchrashuvlarni jonli efirda tomosha qilib boring!

Syurprizlar mavsumi davom etadi!

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 19:53, 01.09.2020.
O'qildi: 5797 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.