Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Chelsi” o‘z rekordini yangilaydi!

Londonning “Chelsi” klubi “Bayer” yarim himoyachisi Kay Xaversni qo‘lga kiritish uchun o‘z rekordini yangilashga tayyor.

“Sky Sport” nashrining ma’lum qilishicha, “aristokratlar” Kay uchun avvaliga 72 million funt to‘laydi. Qolgan 18 million funt esa, turli bonuslar tariqasida to‘lab beriladi.

Eslatib o‘tamiz, klub tarixidagi eng qimmat transfer maqomi ayni damda darvozabon Kepa Arrisabalagaga tegishli.

Manbaning ma’lum qilishicha, “Chelsi” Kayning transferi Germaniyaning Millatlar ligasi musobaqasidagi o‘yinlaridan so‘ng rasman e’lon qiladi.

Sebalos qaytmoqda

Transfer huquqi “Arsenal”ga tegishli bo‘lgan Dani Sebalyos Londonga qaytmoqda.

Jurnalist Fabriso Romanoning ma’lum qilishicha, futbolchi yana bir mavsum “to‘pchilar” safida ijara asosida to‘p suradi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda ispaniyalik yarim himoyachi APL doirasidagi 24 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta assistni yozib qo‘ydi.

“Roma”ga hujumchi kerak

Rimning “Roma” klubi Edin Jekoning o‘rnini egallashga qodir yangi 9-raqam egasini izlashda davom etmoqda.

LGDS nashri bergan ma’lumotlarga tayandigan bo‘lsak, klub “Gerta” jamoasi forvordi Kshishtof Pentek bilan jiddiy qiziqib qolgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, “bo‘rilar” polyakni ortga qaytarish uchun “Gerta”ga 25 million yevro taklif qilmoqchi.

“Arsenal”dan yangi yurish

Londonning “Arsenal” jamoasi hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida “Vest Hem” yarim himoyachisi Felipe Anderson bilan shartnoma imzolamoqchi.

“Football Insider” nashrining ma’lum qilishicha, “kononirlar” Mesut O‘zilning o‘rnini aynan Anderson bilan to‘ldirishni reja qilgan.

Manbada yozilishicha, Anderson bilan “Napoli” jamoasi jiddiy qiziqib qolgan. Shuningdek, MLS va Qatar klublaridan ham ajoyib takliflar kelib tushmoqda.

PSJ “Arsenal”ga qanday javob berdi?

 

Parijning PSJ jamoasi “Arsenal”ning taklifini rad etdi.

“Daily Mirror” nashrining ma’lum qilishicha, “koninirlar” Matteo Genduzini Parij klubiga tavsiya etgan, biroq PSJ Genduzidan voz kechdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, “Brayton” bilan o‘yindagi janjal sababli “Arsenal” yosh va iqtidorli futbolchi bilan xayrlashishni istamoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:40, 03.09.2020.
O'qildi: 13066 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.