Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Yozgi transfer oynasida “Navbahor”dagi o‘zgarishlar

Yozgi transfer oynasida “Navbahor”dagi o‘zgarishlar

Baho:
+ | -1

Xabaringiz bor, 10-31 avgust kunlari Superliga klublari uchun yozgi transfer davri bo‘ldi. Xo‘sh, ushbu transfer paytida “Navbahor”da qanday o‘zgarishlar yuz berdi?

Yozgi transfer davrida jamoamiz tarkibiga 2 nafar futbolchi qo‘shildi. Bular - tajribali himoyachi Davron Hoshimov (Toshkentning “Lokomotiv” jamoasidan) va tojikistonlik mahoratli yarim himoyachi Ehsoni Panshanbe (Dushanbening “Istiqlol”jamoasidan. Ushbu futbolchi to‘g‘risida jamoamiz ixtiyoriga yetib kelganidan so‘ng, to‘liq ma’lumot beramiz).
“Lochinlar” safini esa tajribali himoyachi Obid Jo‘raboyev (Samarqandning “Dinamo” jamoasiga o‘tdi), tojikistonlik yarim himoyachi Amirbek Jo‘raboyev (sobiq jamoasi “Istiqlol” (Dushanbe)ga qaytdi) tark etishdi.

Shuningdek, himoyachi Shahzodbek Hamidov (Samarqandning “Dinamo” jamoasiga), yarim himoyachi Anvarjon Hojimirzayev (Farg‘onaning “Neftchi” jamoasiga), bundan tashqari, “Navbahor - farm” jamoasi himoyachisi Iskandar Siddiqjonov (Samarqandning “Dinamo” jamoasiga) boshqa jamoalarga ijaraga berilishdi.

Biz “Navbahor” tarkibiga qo‘shilgan yangi futbolchilarning jamoamizning g‘alabalariga munosib hissa qo‘shishlarini tilab qolamiz.

“Lochinlar” safini tark etgan hamda ijaraga berilgan o‘yinchilarning esa keyingi faoliyatlarida omad yor bo‘lishini tilaymiz.

Manba: “Навбаҳор” ПФК матбуот хизмати
Kiritildi: 00:55, 04.09.2020.
O'qildi: 4419 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.