Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Sergey Lushan: «Dinamo»da Messi yoki Ronaldu kabi yulduzlar yo‘q, lekin mehnatkash jamoa bor»

Sergey Lushan: «Dinamo»da Messi yoki Ronaldu kabi yulduzlar yo‘q, lekin mehnatkash jamoa bor»

Baho:
+ | -

Pro liga 4-turi doirasidagi «Dinamo» - «Zomin» (3:0) o‘yinidan keyin Samarqand jamoasi bosh murabbiyi Sergey Lushan o‘yin borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- «Zomin» jamoasiga qarshi o‘yinda uchta vaziyatdan gol urib, yirik hisobda g‘alaba qozongan bo‘lsak-da, aytishim kerakki bu oson g‘alaba bo‘lgani yo‘q. Raqib jamoa tartibli va paslar orqali yaxshi o‘yin namoyish etdi. «Xorazm»ga qarshi o‘yindan ko‘ra bu bahsda qiyinroq bo‘ldi. Raqibimiz tarkibi bizni jamoamizdek yaqinda emas, anchadan buyon birga to‘p surib kelmoqda. Shu bois ular bir-birini yaxshiroq tushunadi. Fikrimcha, yirik hisob o‘yinni qanday kechganligiga mos emas. Qiyin g‘alabaga erishdik. Biz ayrim joylarda xato qildik, vaziyatlardan foydalana olmadik. O‘yindan-o‘yinga kuchayib borishimiz kerak.

- Ya’ni, natijadan qoniqdingiz, jamoa o‘yinidan emas, shundaymi?

- O‘yinni ko‘rayapsiz, biz vaziyatlardan foydalana olish bo‘yicha yaxshiroq natija qayd etishimiz kerak. Hali yaxlit jamoaga aylanmadik. Jamoaviy o‘yinimizni qurish bilan bandmiz. Yigitlar o‘zaro tushunish kuchayishi kerak.

- O‘tgan g‘alabali o‘yin bilan taqqoslaganda tarkibda katta o‘zgarishlar yuzaga keldi. Bu nima bilan bog‘liq?


- Jamoamiz tarkibi biz murabbiylar shtabi uchun hali yangi. Ularning o‘yini bilan yaxshiroq tanisha boshlayapmiz. Shu bois yangi jamoada yaxlit tarkibni hosil qilish uchun ham vaqt kerak bo‘ladi. Bilasizmi, chempionatimizda har 3-4 kundagi tur o‘yinlariga birorta ham jamoa bitta tarkibni tushira olmaydi. Chunki bitta tarkib 4 kun ichidagi ikkita o‘yinga bir xil jismoniy tayyorgarlik talabiga javob bera olmaydi. Shu sabab tarkibda o‘zgarishlar qilib turamiz. Ayniqsa hujumkor chiziqlarda.

Bugun chap qanot himoyachimiz Avaz Agaliyev jarohati bois bizga yordam bera olmadi. Uning o‘rniga maydonga tushgan Hamidov yaxshi o‘yin namoyish etdi. U maydondagi eng yaxshilardan biri bo‘ldi. Endi Agaliyev yana safga qaytishi uchun raqobat qilish kerak bo‘ladi. Meni xursand qiladigani jamoamizda har bir chiziq uchun tengkuchli ikki nafardan futbolchilar bor. Kimdir jarohat olsa, uning o‘rniga boshqa o‘yinchini tushira olaman. Aynan har bir chiziqda ikki nafardan raqobatchi borligi jihatidan ko‘nglim to‘q. To‘g‘ri bizda Messi yoki Ronaldu kabi yulduz futbolchilar yo‘q, lekin mehnatkash jamoa bor.

Damir Temirovning jarohati ertaga o‘tkaziladigan UZIdan keyin ma’lum bo‘ladi. Umid qilamanki, Damir eng ko‘pi 10 kunda safimizga qaytishi kerak. Tarkibda eng yaxshiligini isbotlasa yana asosiy tarkibga qaytadi.

Yana bir yarimhimoyachimiz Shohrux Abdurahmonovning yo‘qligi sababi, u O‘zbekiston yoshlar jamoasidan chaqiruv olgan. Terma jamoa murabbiylari bilan kelishuvga ko‘ra, Abdurahmonovni o‘yinimizga qo‘yib yuborishlari kerak edi. Ammo tarkibda futbolchilar tanlovi katta emasligi uchun, u yana termada qoldi. Keyingi o‘yinimizgacha Shoxruh safimizga qaytadi. Bir kun dam olib, dushanba kungi «Oqtepa» bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Usmon Ibodov suhbatlashdi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 11:59, 04.09.2020.
O'qildi: 4021 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.