Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

XXI asrda barchani hayratda qoldirgan xayrlashuvlar: Ronaldu, Figu, Neymar...

XXI asrda barchani hayratda qoldirgan xayrlashuvlar: Ronaldu, Figu, Neymar...

Baho:
+ | -

21-asrda ro‘y bergan buyuk ko‘chishlari haqida fikr yuritamiz.

Luish Figu – 2000 yilda “Barselona”dan “Real”ga

Aslida, Florentina Peres “qurgan” “Galaktikos” futbolchilarining barchasi katta shov-shuvlardan so‘ng Madridga ko‘chib o‘tishgan. Shunga qaramay, ular orasida Luish Figuni alohida qayd etib o‘tish joiz. “Barselona” afsonasi uzoq yillar davomida Kataloniya qahramoni unvoniga loyiq ko‘rildi va qandaydir 2 soat ichida abadiy dushmanga aylandi. O‘sha transferdan so‘ng, butun Kataloniya xalqi kuppa-kunduzi tunab ketilgandek ahvolga tushib qolgan edi.

Zayniddin Zidan – 2001 yilda “Yuventus”dan “Real”ga

Oradan bir yil o‘tib, Turindan Madridga fantastik summa evaziga Zidan ko‘chib o‘tdi. “Yuventus” Zidanning transferidan qo‘lga kiritgan pullari evaziga jamoa mavqeini saqlab qola olmadi. Peres esa, o‘z prezidentlik karyerasidagi eng omadli transferga qo‘l urdi. 75 million yevro evaziga Zidanni pullagan Luchano Modji bu transfer “Yuventus” uchun juda omadli bo‘lgani va Zidanni yorqin, ammo foydasiz futbolchi deb ataydi. Ko‘p o‘tmay, bu qaror aslida xato ekanligi ma’lum bo‘ldi. Florentina Peres esa, Zidanning transferi haqidagi quyidagi iqtibosni keltirgan edi:

“Men Zidanni o‘sha davr uchun rekord sanalgan 75 million yevro evaziga sotib oldim. Bu mening faoliyatimdagi eng arzonga tushgan transferga aylandi”.

Devid Bekxem – 2003-yilda “Manchester Yunayted”dan “Real”ga

8 mavsum davomida sayyoramizning eng iqtidorli futbolchi sifatida “qizil iblislar” sharafini himoya qilgan Beksni Fergyuson qo‘ldan chiqarib yuborishni istamagan edi. Havodan uchgan butsalar ham ingliz futbolchisini Angliya qolishini ta’minlay olmadi. Oqibatda, “qizil iblislar” “qirollik klubi”ning pullari oldida ojiz qolishini tomosha qilishga to‘g‘ri keldi. Aynan ushbu transfer “Real”ning moliyaviy qudratli klub ekanligini yana bir bor butun dunyoga isbotlab qo‘ygan edi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Andrey Shevchenko – 2006-yilda “Milan”dan “Chelsi”ga

“Milan” ukrainalik hujumchini “oltin to‘p” darajasiga olib chiqqaniga qaramay, Sheva Roman Abramovichning taklifini qabul qildi va Londonga oilasi bilan ko‘chib o‘tdi. “Rossoneri”ning maoshidan qoniqmagan futbolchi “Chelsi”ga o‘tdi va superfutbolchi maqomidan ayrildi.

Tyeri Anri – 2007-yilda “Arsenal”dan “Barselona”ga

APL tarixidagi eng yaxshi futbolchi bo‘lsada, Anri YECHLda zafar quchish uchungina “Barselona”ning taklifini qabul qiladi. Tan olish lozim, Anri o‘z orzusini ro‘yobga chiqarishga muvaffaq bo‘ladi, biroq agar 2006-yilda “Arsenal” YECHL finalidagi mag‘lub bo‘lmaganida Anri hech qayerga ketmasligi mumkin edi. Fransuzning Kataloniya klubiga o‘tib ketishi nafaqat “to‘pchilar”ning balki, butun APL muxlislarining yuraklarini g‘ash qilgani bilan ham yodimizda abadiy qolishi aniq.

Raul – 2010-yilda “Real”dan “Shalke 04”ga

19 asr oxiri va yangi asr boshidagi “Real” muxlislari Raul futbolkasida katta bo‘lishgan desak, adashmagan bo‘lamiz. 16 mavsum davomida Madrid klubi sharafini himoya qilgan hujumchi shunchaki klubdan ketdi. Uni jamoada olib qolish borasida hech kim “jonbozlik” ko‘rsatmadi. O‘sha davrda jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lgan hujumchi ijaraga olingan futbolchidek “Real”ni tark etdi. O‘sha kuni “qaymoqranglilar”ning asl muxlislarigina klub afsonasidan ayrilganini his etib chuqur xo‘rsinib qo‘yishdi. Yangi avlod muxlislari esa, Ronalduning fantastik o‘yini ta’sirida Raulning ketganini sezmay ham qolishdi.

Frenk Lempard – 2014-yilda “Chelsi”dan “Manchester Siti”ga

Aslida Frenk MLSdagi “Siti”ning filiali “Nyu-York Siti” bilan shartnoma imzolagan edi. AQSH klubi esa, “Chelsi” afsonasini ijaraga “Siti”ga berib yubordi. Deyarli butun faoliyatini “Chelsi”da o‘tkazgan sardor bir mavsum davomida klubning chempionlik uchun asosiy da’vogarlaridan biri – “Siti” safida to‘p tepdi. Hatto “aristokratlar” darvozasini ishg‘ol qilishga ham muvaffaq bo‘ldi. Frenk APLdagi faoliyatiga nuqta qo‘ygach, “shaharliklar” futbolchilari uning hurmatini joyiga qo‘yib kuzatib qo‘yishdi. Afsuski, agar “Chelsi” bir mavsum sabr qilganida, o‘z afsonasini “Stemford Brij”da olqishlar bilan nafaqaga kuzatib qo‘yishi mumkin edi.

Neymar – 2017-yilda “Barselona”dan PSJga

 

Tan olish lozim, Neymarning Parij klubi safiga borib qo‘shilishi butun sport olamini larzaga soldi. Kataloniya klubi parijliklarning Neymar uchun 222 million yevro sarf etishiga ishonmagan edi. Oqibatda, Neymarning klubni tark etishi “Barselona”ning inqiroziga sabab bo‘ldi. Yillar davomida ushbu muammo katta boshog‘riqqa aylandi. Yakunda esa, 2:8 hosil bo‘ldi! Bu transfer naqat 222 million bilan, balki Xose Bartomeuning qo‘pol xatosi bilan yodda qolishi aniq.

Krishtianu Ronaldu – 2018-yilda “Real”dan “Yuventus”ga

9 yil davomida “Real Madrid” safidagi barcha rekordlarni o‘ziniki qilib olgan Krish, 486 ta o‘yinda 475 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Uning klubdan ketishi “Real” uchun juda og‘ir zarbaga aylandi. Xatto Florentino Peresning o‘zi ham xatosini tan oldi, biroq g‘isht qolipidan ko‘chib bo‘lgan edi. Shunga qaramay, Peres Zidanni ortga qaytardi va vaziyatni birmuncha yaxshiladi. Ronaldu esa, Turinga yaxshi o‘rnashib oldi. “Real” u klubni tark etganidan beri o‘zi hokimlik qilishga o‘rganib qolgan YECHLda omadsiz ishtirok etmoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:59, 04.09.2020.
O'qildi: 14826 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.