Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ravshan Ermatov Qoraqalpog‘istondagi futbol bilan bog‘liq vaziyat bilan yaqindan tanishdi

Ravshan Ermatov Qoraqalpog‘istondagi futbol bilan bog‘liq vaziyat bilan yaqindan tanishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat safarida davomida mutaxassislar guruhi futbol va sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirish, hududda futbolni ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.

Jumladan, Nukus olimpiya zaxiralari kollejida futbol stadionining hozirgi holati, yangidan barpo etilgan 150 o‘rinli yotoqxona, kollejning asosiy o‘quv binosi, sport zallarida tashkil etilgan davolash markazida yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shundan so‘ng, Amudaryo tumaniga tashrif buyurib, bu yerdagi futbol seksiyalari faoliyati, o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar jarayoni bilan yaqindan tanishildi. Sportchi yoshlar bilan uchrashuv chog‘ida hududda sportni rivojlantirish borasidagi dolzarb muammolar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Shuningdek, Beruniy tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabida ham bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Kegeyli tumanida futbol ob’ektlarini o‘rganish jarayonida futbol stadioni hamda o‘quv binosining umumiy holati qoniqarsizligi aniqlandi. O‘z navbatida bolalar-o‘smirlar sport maktabi rahbariyatiga aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish borasida tegishli tavsiyalar berildi.

Taxtako‘pir hamda Bo‘zatov tumanlaridagi bolalar-o‘smirlar sport maktablari qoshida yangidan qurilgan sun’iy qoplamali futbol stadioni 1000 nafar tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bemalol respublikamiz miqyosidagi musobaqalarni ham o‘tkazish imkonini beradi. Safar davomida futbolga mas’ul rahbarlarga stadion va maydonlardan samarali foydalanish va yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish vazifasi yuklandi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 11:02, 06.09.2020.
O'qildi: 2294 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.