Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Sakkiz yillik alam

Sakkiz yillik alam

Baho:
+ | -

Shveysariya hamda Germaniya terma jamoalari o‘rtasida o‘tadigan bugungi o‘yin har tomonlama qiziq.

Bu yurt vakillari oxirgi bor sakkiz yil burun o‘rtoqlik o‘yinida uchrashishgan va unda 5:3 hisobida “banklar yurti” g‘alaba qozongan edi. Katta turnirga tayyorgarlik ko‘rayotgan Ioaxim Lyov doimgidek eksperement ishlarida qovun tushirib qo‘ygan: Yangi himoyachilar va yangi posbon xatolarga yo‘l qo‘yib, Shveysariyaning ajoyib g‘alabasiga zamin hozirlagandi.

Hozirda nemislarda u tarkibda faqat Gyundogan va Draksler qolgan. Mezbonlarda faqat Granit Jaka o‘sha tarkibdan. 2012 yilning oqshomida ter Shtegen darvozasiga xet-trik yo‘llagan Eren Derdiyuk hozirgi kunda “Paxtakor”da. Vladimir Petkovichga kerakmas holga tushib ulgurgan. Faqat Derdiyukmas, qolgan “qahramonlar” haqida shunday gaplar – ularning aksari bugun katta futbolda eslanmaydilar.

Germaniya alam olishiga ishonsak bo‘ladi. Shakiri, Mehmedi, Zakaria va Sherning bugungi bahsni o‘tkazib yuborishi shveysariyaliklarga qimmatga tushishi mumkin.

Lyov yigitlari qanday vajohatda o‘ynashlarini bilamiz. Sakkiz yil oldingi alam mayli, Ispaniya bilan o‘yindagi so‘nggi soniyalarda o‘tkazib yuborilgan gol ham ularning kayfiyatiga jiddiy ta’sir o‘tkazgan. O‘yin arafasida “aybim shuki, uchrab qolding qornim ochganda” degan gapni ishlatmasak bo‘lgani...

Ammo shuncha gap-so‘zdan keyin ham Shveysariya matbuoti: “Oxirgi payt nemislar u qadar qo‘rqinchli emas, buning ustiga bu o‘yinda jahon yulduzlari – Noyer, Kimmix, Goreska va Gnabriga umid bog‘lay olmaydi. Nima uchun tavakkal qilmasligimiz kerak?” deb yozmoqda. Rostan ham nima uchun tengma teng o‘yin ko‘rsatib, Ukrainadan uchralgan mag‘lubiyat tasodifligini isbotlash mumkin emas?!

Zo‘r o‘yin. Birga ko‘ramiz. 23:45dan boshlab Uzreport kanalida!

Xayrulla Hamidov.

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 22:02, 06.09.2020.
O'qildi: 2866 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик