Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

WBA reytingida Shahram va Shohjahonni ortda qoldirayotgan bokschi Botir Ahmedov navbatdagi jangida raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi

WBA reytingida Shahram va Shohjahonni ortda qoldirayotgan bokschi Botir Ahmedov navbatdagi jangida raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super yengil vazn (63,5 kg) toifasida ringga chiqayotgan Botir Ahmedov (8-1, 7 KO) AQSHda o‘zining navbatdagi jangini 6 sentyabr, yakshanba kuni (Toshkent vaqti bilan 7 sentyabr erta tongda) o‘tkazdi.

Botuxon Go‘zgech nomi bilan mashhur bokschi professional ringdagi 8-jangida filippinlik Rey Peresga (24-12, 8 KO) qarshi jang qildi. To‘qnashuv 10 raunddan iborat bo‘lishi belgilangandi. Ammo Botir 1-raunddayoq raqibini nokautga uchratdi va muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shu tariqa Ahmedov WBA Regular kamari uchun asosiy da’vogarga aylandi.

Qayd etish joiz, Ahmedov faoliyatidagi ilk va hozircha yagona bo‘lgan mag‘lubiyatini 2019 yil 28 sentyabrda Mario Barriosga (25-0, 16 KO) qarshi jangda qabul qilib olgandi.

Ma’lumot uchun, Ahmedov 1990 yil 20 dekabrda O‘zbekistonda tug‘ilgan. U 2010 yillarda Ukraina va Turkiya boks terma jamoalari sharafini himoya qilgan. 2017 yildan e’tiboran esa professional boksda faoliyat olib bormoqda. Bokschi uchta davlat — Rossiya, Ukraina, Turkiya fuqaroligiga ega.

Ahmedov 2016 yil Rioda o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida -64 kg vazn toifasida Turkiya nomidan qatnashgan va chorak final bahsida germaniyalik Artyom Arutyunyanga mag‘lub bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, ushbu vazn toifasida oltin medal finalda ozarbayjonlik Lorenso Sotomayorni mag‘lub etgan, o‘zbekistonlik Fazliddin G‘oibnazarovga nasib etgandi.

Ta’kidlash kerak, Botir Ahmedov harakat qilayotgan professional boksning super yengil vazn toifasida o‘zbekistonlik yana ikki bokschi bor. Bular — Shahram G‘iyosov va Shohjahon Ergashev. WBA reytingida ushbu bokschilar ketma-ketlikda joylashgan: Botir Ahmedov — 5-o‘rinda, Shahram G‘iyosov — 6-o‘rinda, Shohjahon Ergashev esa 7-pog‘onadan o‘rin olgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:09, 07.09.2020.
O'qildi: 11472 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик