Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Abdujamol Isroilov: “O‘yinlarni maydon chetida kuzatish oson emas”

Abdujamol Isroilov: “O‘yinlarni maydon chetida kuzatish oson emas”

Baho:
+ | -

Ko‘pchilik muxlislarni o‘tgan mavsumda jarohat olgan va ayni paytda undan forig‘ bo‘lish niyatida astoydil harakat qilayotgan jamoamizning mahoratli yarim himoyachisi Abdujamol Isroilovning qachon maydonga qaytishi qiziqtirmoqda. Biz bunga oydinlik kiritish maqsadida, Isroilov bilan qisqacha suhbat uyushtirdik.

— Abdujamol, yashil maydonga qaytishingizga oz qoldimi?  

— Ha, oz qoldi. Ayni paytda jarohatimdan tezroq forig‘ bo‘lish niyatida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Farhod aka Rustamov bilan birgalikda yakka holda, mashg‘ulotlar olib boryapmiz. Tez kunlar ichida maydonga qaytaman, degan umiddaman.

Fursatdan foydalanib, meni shunday qiyin paytda qo‘llab-quvvatlab, jarohatimdan tezroq forig‘ bo‘lib, maydonga qaytishimni tilagan    holda, ma’naviy va moddiy yordam berib turgan Namangan viloyat hokimi Xayrullo Hayitbayevich Bozorov, klub rahbariyati, shu jumladan, aka-uka Otabek hamda Oybek Arifovich Samatovlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.    

Xudo xohlasa, yashil maydonga qaytsam, ularning ishonchlarini oqlayman, degan umiddaman.  

— Futbolchi uchun maydon chetida o‘yinlarni kuzatish qiyin bo‘lsa kerak?

— Qiyin bo‘lganda qandoq! Bahslarni maydon chetida kuzatish, jamoaga kerakli paytda yordam berolmaslik ayniqsa, futbolchi uchun juda qiyin holat. Buni boshidan o‘tkazgan insongina his qila olishi mumkin, xolos.

Ayrim paytlarda hattoki, maydonga tushib, jamoamizga yordam bergim kelib ketadi. Lekin na iloj, jarohatim bunga yo‘l      qo‘ymaydi. Xudo xohlasa, tezroq maydonga qaytish, “Navbahor”ning g‘alabalariga munosib hissamni qo‘shish niyatidaman.

— Lochinlar”ning joriy mavsumda namoyish etayotgan o‘yinlari borasida nima deya olasiz?

— Jamoamiz Superliganing 1-davra bahslarida o‘z maydonida o‘tkazilgan barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, 2-davraning dastlabki, “Paxtakor”ga qarshi kechgan bahsida durangga erishdi. Toshkentda markazlashgan holda o‘tkazilgan o‘yinlarda esa ko‘pchilik jamoadoshlarim COVID-19ga chalinishgani bois, poytaxtdagi bahslarda “Navbahor”ning biroz omadi kelmadi va ochko yo‘qotishga majbur bo‘ldi.

Kezi kelganida, mazkur xastalikdan davolanayotgan jamoamiz ustozi Andrey Antanasovich Kanchelskis, shuningdek, barcha yurtimiz   futbolchilarining COVID – 19 kasalligidan tezroq sog‘ayishlari, koronavirus balosi tezroq yurtimizdan daf bo‘lishini tilab qolaman.

O‘zbekiston kubogi o‘yinlari boshlanguniga qadar, maydonga qaytib, mazkur musobaqa bahslarida jamoamizga yordam berib, “Navbahor”ning uzoq yillik tanaffusdan so‘ng, billur sovrinni qo‘lga kiritishiga o‘zimning munosib hissamni qo‘shaman, degan umiddaman.

— Rejalaringiz?
— Rejam – tezroq yashil maydonga qaytib, “Navbahor”ning zafarlariga munosib hissamni qo‘shish.

— O‘z oldingizga qanday maqsad qo‘ygansiz?
— Maqsadim – bu yilgi mavsumda jamoadoshlarim bilan birgalikda Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish.

— Muxlislarga tilaklaringiz...
— “Navbahor” ishqibozlariga sabr tilayman. Karantin cheklovlari tezroq yakunlanib, muxlislarning yana stadionlarga qaytib, o‘rindiqlarni to‘ldirib, “Navbahor”ni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlashlariga tilakdoshman.

Biz – futbolchilar esa ishqibozlarning ishonchlarini oqlash uchun    maydonda barcha imkoniyatlarimizni ishga solishga intilamiz.

Ma’lumot uchun

Abdujamol Isroilov – 1996 yil, 24 dekabrda Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida tug‘ilgan.

Futbol bilan 7 yoshidan shug‘ullanishni boshlagan.

Birinchi murabbiylari: Yo‘ldoshali Ortiqov va Mixail Ivanov.

Farg‘ona viloyat futbol maktab-internatini tamomlagan.

Futbolchilik faoliyati davomida “Dinamo” (Samarqand, 2016 yil), “Neftchi” (Farg‘ona, 2017 – 2018 yillar) jamoalarida o‘ynagan.

2019 yildan “Navbahor”da.

Muxlislik qiladigan jamoasi: “Manchester Yunayted” (Angliya).

Havas qiladigan futbolchilari: Karlos Enrike Kazemiro (Braziliya terma jamoasi va “Real” klubi yarim himoyachisi) hamda Odil Ahmedov (O‘zbekiston terma jamoasi va “Shanxay SIPG” (Xitoy) yarim himoyachisi).

Oilali, bir farzandning otasi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 18:38, 09.09.2020.
O'qildi: 2763 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.