Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Shota Arveladze: «O‘ylaymanki, OCHLda «Paxtakor»ga barcha muxlislik qiladi»

Shota Arveladze: «O‘ylaymanki, OCHLda «Paxtakor»ga barcha muxlislik qiladi»

Baho:
+ | -

Superliganing 16-turidan o‘rin olgan olgan "Metallurg" - "Paxtakor" (0:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Shota Arveladze o‘z fikrlarini bildirdi.

"Bekobodda o‘ynash hamisha qiyin. Mezbonlar kimga qarshi, qanday o‘ynash kerakligini, xalal berishni yaxshi bilishadi. Dastlabki 30 daqiqada raqib jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Keyin esa bo‘sh hududlar yuzaga keldi. Birinchi gol rekoshetdan keyin urildi. Qanotlarda to‘pni ushlashga va uzatmalarni amalga oshirishga e’tibor berdik. Goldan keyin ochiq o‘yin boshlandi.

Ikkinchi gol o‘yin taqdirini o‘zgartirib yubordi. Biz ham to‘pni nazorat qildik, vaziyatlar yaratdik. Vazifa uch ochko qo‘lga kiritish hamda o‘yinni jarohatlarsiz yakunlash edi.

Mezbonlar ikkinchi bo‘limda hujumga e’tibor qaratishdi. Bir necha kundan keyin Qatar safari kutmoqda. OCHLda ishtirok etamiz. O‘ylaymanki, nafaqat jamoamizning muxlislari balki, barcha ishqibozlik qiladi. Bu kungacha yetib kelishimiz oson bo‘lmadi. Jamoadagi ko‘p futbolchilar koronavirus bilan kasallandi, undan keyin og‘ir taqvim, har uch kunda o‘yin.

Sidiqovning qanotdagi o‘yinidan qoniqdim. OCHLda o‘zimizni yaxshi ko‘rsatishni va muxlislarni xursand qilishni istaymiz. Sherzod A’zamovning jarohati bor edi. Bugun u yugurishni boshladi. Oldinda kutayotgan uchrashuvga qadar uni tezroq tiklashga harakat qilamiz",- deydi Shota Arveladze.

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 18:45, 09.09.2020.
O'qildi: 5261 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик