Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Ro‘ziqul Berdiyev: "Nesterov – O‘zbek futboli afsonasi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Nesterov – O‘zbek futboli afsonasi"

Baho:
+ | -

"Nasaf" - "Qizilqum" uchrashuvidan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- G‘alaba uchun maydonga tushgandik. O‘yinga tuzgan rejamiz ham amalga oshdi. "Qizilqum" tarkibida tajribali futbolchilar ko‘p edi, so‘nggi o‘yinlarda ular to‘pni o‘zlarida ushlab tura olayotgandi. Raqiblar to‘pga egalik qilayotgan paytda ularga bosim o‘tkazishimiz kerak edi va buni yigitlar yaxshi uddalashdi. Shuningdek, biz raqiblarga qaraganda tezroq o‘ynashimiz kerak edi. O‘ylaymanki, buni ham yigitlar yaxshi bajarganini barcha ko‘rdi. Vaziyatlarning barchasidan ham foydalana olmadik. Tan olish kerak, Nesterov bugun jamoani bir necha muqarrar qollardan qutqarib qoldi. Bugun 3 ochko olish uchun 4ta gol yetarli bo‘ldi. Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun sifatli va mazmunli o‘yin ko‘rsatishga harakat qildik. Hozirgi futbolning talabi - tezroq harakat qilish va tezroq o‘ylash kerak. Futbolchilarni shunga o‘rgatyapmiz. Raqibga bosim o‘tkazib, to‘pni iloji boricha ushlab turish kerak. Futbolchilarim buni eplashyapti.
- Darvozabon - yarim jamoa. Ignatiy Nesterov shunday darvozabonlardan biri. Bugun yirik hisob qayd etilishi siz uchun qanchalik kutilmagan bo‘ldi?
- Yirik hisobda g‘alaba qozonishni tahmin qilmagan edik. Nesterov haqida qancha gapirsangiz ham, ta’rif bersangiz ham juda oz. Nesterov futbolimiz afsonasi, u o‘zbek futboli uchun ko‘p narsa bergan. Umuman olganda raqiblar tarkibidagi ko‘plab futbolchilar tajribali edi. O‘yindan avval shunday raqibni ko‘rib, bugun sizlar yirik hisobda yutasiz, deyishganida ko‘pchilik ishonmasdi albatda. Lekin biz uchun o‘yin shunday yaxshi kechdi-ki, biz vaziyatlarni golga aylantira oldik. Shu sababdan raqiblar ochilishga majbur bo‘ldi va biz qarshi hujumlardan unumli foydalandik.
- Dilaver Xarisning jamoadan ketishini qanday baholaysiz?
- U jamoaga kirishib keta olmayotganini o‘iz anglab yetdi va shartnomani bekor qildik.
- Traore vaqtida qaytdi deb o‘ylaysizmi?
- Traoreni "Dinamo"ga ijaraga bergan edik. Biroq ular negadir uni olib qolishmadi. Unga imkoniyat beramiz, u yuqori potensialli futbolchi. Gavdasiga nisbatan texnikasi ham yaxshi. Shu boisdan uni asosiy tarkibga kira oladigan futbolchi sifatida yetishtira olamiz, degan umiddamiz va bunga harakat qilamiz.
- "Nasaf"ning logotipini o‘zgarishini qanchalik istagandingiz?
- Birinchidan bu muxlislarning talabi edi. Biz muxlislar uchun barchasiga tayyormiz. Klubdagi insonlar bu borada jiddiy ishladi va almashtirishdi. Muxlislarga yoqqan bo‘lsa bo‘ldi.
- "Nasaf" juda shijoatli jamoa. Biroq "Paxtakor"ga qarshi o‘yinda bu ko‘rinmadi.
- "Paxtakor"ga qarshi o‘yindan keyin ham aytgandim. Ularga qarshi o‘ynash juda qiyin. "Paxtakor"ga qarshi o‘yinda katta kuch yo‘qotib, "Bunyodkor" bilan bahsda qiyin holatga tushib qolishimiz mumkin edi. To‘g‘risini aytganda, "Bunyodkor"ga qarshi o‘yinda yaxshi holatda bo‘lish uchun "Paxtakor" bilan sekin o‘ynashga qaror qildik.

Kiritildi: 01:17, 11.09.2020.
O'qildi: 3697 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.