Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Messi «Siti»ga kerakmi? De Bryuyne javob berdi

Messi «Siti»ga kerakmi? De Bryuyne javob berdi

Baho:
+ | -

Angliyaning «Manchester Siti» jamoasi yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne “Daily Mail” nashri uchun bergan intervyusida Leonel Messining transferi haqida fikr bildirdi.

Kevin De Bryuyne:

“Ochig‘ini aytaman, Messining jamoamiz a’zosi bo‘lishiga ishonmagan edim. Agar uning Manchesterga ko‘chib kelishi uchun imkoniyati bo‘lganida, bu ish albatta sodir bo‘lgan bo‘lar edi. Sababi, u futbol olamining tirik afsonasi. Messi singari ijrochilarning jamoamizda bo‘lishi uchun rahbarlar qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshirgan bo‘lar edi.

Sababi, Messi futbol olamidagi ulkan imkoniyatlar kaliti. Uni qo‘lga kiritishga moliyaviy qodir klublarning barchasi Leo tarkibida bo‘lishini istaydi. Bu tabiiy hol albatta.

Agar Messining transferiga biznes ko‘zi bilan qarasangiz ham bu «Manchester Siti» uchun yaxshi imkoniyat ekanligini darrov anglaysiz. Leoning transferi ortida ulkan reklama shartnomalari ham paydo bo‘lishi aniq. Agar «Manchester Siti» uning transferi va maoshi uchun millionlarni sarf etsa ham yakunda bu pullar sof daromad bo‘lib qaytishi aniq edi.

Futbolchi sifatida uning jamoamizda bo‘lishi yoki bo‘lmasligi haqida fikr bildirmoqchi emasman. Bizga buning umuman farqi yo‘q. Agar bu transfer amalga oshganida, «Siti»da katta g‘alabalar uchun imkoniyat yanada oshgan bo‘lar edi. Sababi, men Leo Messini barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblayman.”

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:19, 13.09.2020.
O'qildi: 10764 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик