Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Xyoness: "Liverpul" va "MYU" "Bavariya"ni shantaj qilmoqchi"

Xyoness: "Liverpul" va "MYU" "Bavariya"ni shantaj qilmoqchi"

Baho:
+ | -

Myunxenning "Bavariya" klubi faxriy direktori Uli Xeness jamoa yarim himoyachisi Tyago Alkantaraning kelajagi haqida fikr bildirdi.

"Tyago bilan bog‘liq vaziyat oddiy emas. Ma’lum muddat avval u bilan yangi shartnoma borasida kelishib olgandik. Biroq, oradan ma’lum vaqt o‘tgach, yangi chorlovlarni ko‘rib chiqmoqchi ekanligini aytdi. Bu umuman olganda normal holat. O‘ylaymanki, uning "Liverpul" yoki "Manchester Yunayted" klubi bilan kelishuvi bor. Ehtimol, ikkalasi bilan ham kelishib qo‘ygandir. Lekin, ularning hech qaysi biri "Bavariya"ga hozirgacha rasmiy taklif yuborgani yo‘q. Ular Tyagoni arzonroq olish maqsadida, bizni shantaj qilishmoqchi. O‘ylaymanki, transfer oynasi yopilguniga qadar, uni katta mablag‘ evaziga sotib yuboramiz", - Xenessning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport1.

Kiritildi: 22:14, 13.09.2020.
O'qildi: 6011 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик