Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

AGMK — "So‘diyona": prevyu

AGMK — "So‘diyona": prevyu

Baho:
+ | -

Superliganing 15-turi doirasidagi AGMK - "So‘g‘diyona" uchrashuvi oldidan mazkur o‘yin haqida tayyorlangan prevyuni taqdim etamiz.


O‘zaro o‘yinlar tarixi haqida

— Mazkur jamoalar to‘qnashuvlari tarixiga e’tibor qaratsak, bo‘lajak o‘yin AGMK hamda "So‘g‘diyona" o‘rtasidagi 24-uchrashuvga aylanadi. Qayd etilgan natijalar ko‘rsatkichi jizzaxliklar foydasida. O‘tkazilgan bellashuvlarning 8tasida AGMK g‘alaba qozongan bo‘lsa, "So‘g‘diyona" hisobida 9 g‘alaba mavjud. Qolgan 6 o‘yinda esa durang qayd etilgan. To‘plar nisbati ko‘rsatkichi esa jamoamiz foydasida: 36-32.


Raqib haqida

— "So‘g‘diyona" ayni paytda 14 o‘yindan 16 ochko to‘plagan holda jadvalda 9-o‘rinni egallab turibdi. Baqoyev jamoasi joriy mavsum "Paxtakor", "Lokomotiv", "Buxoro" va "Surxon" jamoalarini mag‘lub etdi. Shuningdek, birinchi davrada AGMK, "Andijon", "Bunyodkor" va "Qizilqum" bilan durang o‘ynadi. Jizzaxliklar birinchi davrada bo‘lgani singari ilk bahsni "Mash’al"ga qarshi o‘tkazib, har ikkalasida mag‘lubiyatga uchrashdi.

AGMKning turnir jadvalidagi holati haqida

— Jamoamiz birinchi davrani mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, ikkinchi davrani Bekoboddagi o‘yinda qabul qilingan mag‘lubiyat bilan boshladi. Ayni paytda jamoa hisobida 29 ochko mavjud va musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallab turibmiz.


Tayyorgarlik haqida

— AGMK mazkur o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Boisi, jamoa ikkinchi davra startini muhim 3 ochkoni boy bergan holda boshladi va kelgusi turda bu bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida "So‘g‘diyona" bilan o‘yinga g‘alabani ko‘zlagan holda hozirlanmoqda. "Metallurg"ga qarshi o‘yindan keyin jamoa futbolchilari ertasi kunidanoq bo‘lajak bahsga tayyorgarlikni boshlashdi.


Xushtak egasi

— Bo‘lajak bahsni boshqarish iqtidorli referi Asker Najafaliyev gardaniga tushdi. Mazkur tayinlov Asker Najafaliyev uchun AGMK ishtirokidagi beshinchi bahsga aylanadi. Bunga qadar Olmaliqqa o‘tgan mavsum uch marotaba va joriy yil bir marta tashrif buyurgan Najafaliyev jamoamizning “So‘g‘diyona” (0:2), “Nasaf” (2:1) bilan bo‘lgan o‘yin, “Qizilqum”ga (4:1) qarshi uchrashuv va joriy mavsum “Mash’al» bilan bellashuvda ishlagandi.

Mazkur tashrif esa Najafaliyevning Olmaliqdagi beshinchi safariga aylanadi. Hozircha ushbu hakam ishlagan o‘yinlarda AGMK 3 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan. Qizig‘i, yagona mag‘lubiyat aynan AGMK - "So‘g‘diyona" o‘rtasidagi o‘tgan yilgi mavsumga to‘g‘ri keladi. Najafaliyev ikkinchi bor ushbu qarama-qarshilikda ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Superliganing 15-turi doirasidagi "So‘g‘diyona"ga qarshi bahs Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida 17 sentyabr kuni soat 19:00da boshlanadi. O‘yin karantin talablariga muvofiq muxlislarsiz o‘tkaziladi.

Superliga, 15-tur.

17 sentyabr, payshanba

AGMK — «So‘g‘diyona» (19:00)

Olmaliq shahri, OKMK sport majmuasi.

Hakamlar: Asker Najafaliyev, Ruslan Serazitdinov, Olim Abduvosilov, Husan Muzaffarov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Jahongir Rahmatullayev

Manba: АГМК матбуот хизмати
Kiritildi: 12:12, 15.09.2020.
O'qildi: 1643 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.