Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Islombek Ismoilov: «Pro ligadan Superligaga chiqish uchun to‘rtta klub oxirigacha kurashsa kerak»

Islombek Ismoilov: «Pro ligadan Superligaga chiqish uchun to‘rtta klub oxirigacha kurashsa kerak»

Baho:
+ | -

Pro liga 6-turi doirasidagi «Dinamo» - «Turon» (1:0) o‘yinidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Islombek Ismoilov o‘yin haqida to‘xtalib o‘tdi.

- Alamli mag‘lubiyatga uchradik. «Dinamo» o‘yinning so‘nggi daqiqalaridagi xatomiz uchun jazoladi. Aslida o‘yin durang bilan yakunlansa adolatdan bo‘lardi, menimcha. Ko‘rgan bo‘lsangiz o‘yinni oxirida biz ham hisobni tenglashtirish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega bo‘lgandik. Bu futbol. Xatolarni to‘g‘irlashga harakat qilamiz.

«Dinamo» uzoq tarixga ega bo‘lgan jamoa. «Turon» esa endi shakllanayotgan klub. Samarqand jamoasida tajribali murabbiylar, yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Ularning ham o‘z ambisiyalari bor. Biz ham o‘z o‘yin uslubimizga ega bo‘lishimiz uchun vaqt talab etiladi. Bugun shunday o‘yin ediki, qaysi jamoa gol ursa, o‘sha yutib ketardi. Bu borada omad «Dinamo»ga kulib boqdi. Umuman olganda jamoamiz o‘yinidan qoniqdim.

Superliga uchun kimlar kurashadi? Hali endi 6-tur o‘tdi. Ko‘rib turibsiz, jamoalar orasida farq katta emas. Shu bois Superliga yo‘llanmasi uchun jiddiy kurash kechishi aniq. Shu jumladan, «Dinamo» va «Turon» ham Superligaga chiqish uchun kurashadi. Qolaversa, peshqadam «Sho‘rtan» klubi va «Neftchi» ham faqat Superligani ko‘zlagan. Menimcha, mana shu to‘rt klub o‘rtasida chempionat oxirigacha jiddiy kurash kechsa kerak. Qolaversa, qolgan to‘rt klub ham istalgan jamoani mag‘lub eta oladi. Pro ligada klublar o‘rtasida farq katta emasligi o‘yinlarni keskin va qiziqarli o‘tishiga sabab bo‘lmoqda.

Kiritildi: 12:31, 15.09.2020.
O'qildi: 1835 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.