Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

Oskar: "Haqiqatdan ham Yevropaga qaytishni xohlayman, biroq..."

Oskar: "Haqiqatdan ham Yevropaga qaytishni xohlayman, biroq..."

Baho:
+1 | -

Londonning «Chelsi» hamda Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi, ayni paytda faoliyatini Xitoyning «Shanxay SIPG» klubida davom ettirayotgan Oskar Yevropaga qaytish xohishi borligini bildirdi.

- Men haqiqatdan ham Yevropaga qaytishni xohlayman. Biroq, hozir emas. Ayni paytda bu yerda o‘zimni juda yaxshi his qilyapman, Xitoyda mening shartnomam bor, umid qilamanki, shartnomamni oxirigacha yakuniga yetkazib qo‘yaman. Yevropaga qaytish borasida taklif oldim. Lekin buni hozir amalga oshirish mushkul, Yevropa qaytish borasida muammolar bor. Shu sababli, bu yerda shartnomamning oxirigacha o‘ynamoqchiman va shundan so‘nggina Yevropaga qaytishni o‘ylayman. Albatta, Yevropaga qaytish imkoni bo‘lsa «Chelsi»ni tanlagan bo‘lardim. Lekin, men bolaligimda ko‘plab Italiya klublarini kuzatganman, chunki, u yerda braziliyalik futbolchilar ko‘p edi. Shuning uchun Italiyada menga yoqadigan bir nechta klublar bor, masalan «Inter», «Milan». Agar Yevropaga qaytadigan bo‘lsam, faqat Italiya chempionatiga yo‘l olaman, — Oskarning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Fox Sports Brasil.

Kiritildi: 13:34, 15.09.2020.
O'qildi: 8655 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.