Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

Sayyoramizning eng qimmat chempionatlari top 10

Sayyoramizning eng qimmat chempionatlari top 10

Baho:
+ | -1

Stadion.uz transfermerket portali bergan ma’lumotlarga suyangan holda, dunyoning eng qimmat 10 chempionatlari bilan tanishtirib o‘tadi.

10-o‘rin. «Eredeviziye» – 844,1 million yevro

Eng qimmat jamoasi “Ayaks” – 283 million yevro

Kuchli o‘nlikni Gollandiya birinchiligi ochib beradi. Iqtidorlar makoni sanalgan musobaqada raqobat u qadar kuchli emas. Sababi, «Feynoord», PSV va “Ayaks” klublarining umumiy qiymati deyarli musobaqaning qolgan ishtirokchilariniki bilan teng.

9-o‘rin. RPL – 887,7 million yevro

Eng qimmat klubi – «Zenit» 155 million yevro

«Zenit» Rossiya chempionatining umumiy qiymatida 17 foiz ulushni o‘ziniki qilib turibdi. Rossiya klublari orasida raqobat Gollandiyadan ancha yaxshiroq. Shu sababli, Rossiya klublari uchun UYEFA doimo katta musobaqalar uchun yo‘llanmalar ajratishda davom etmoqda.

8-o‘rin. Braziliya “A seriyasi” – 935, 6 million yevro

Eng qimmat klubi – «Flanmengo» 123 million yevro

Achinarlisi shundaki, Braziliya chempionati o‘yinlari tomoshaboblik borasida APLnikidan sira qolishmaydi. Shunchaki, vaqt tafovuti sababli ushbu yurt chempionatini bizning mintaqada tomosha qilishning imkoni yo‘q. Yulduzlarni yetishtirib beruvchi birinchilikda 20 ta klub harakat qilsada, umumiy qiymat borasida qolganlardan ortda qolmoqda.

6,7 o‘rin. «Chempionship» – 1,2 milliard yevro

Eng qimmat klubi – «Uotfurd» 197 million yevro

Futbol Angliyada shu qadar ommalashganki, hatto Yevropaning boshqa musobaqalari ham unga bas kela olmaydi. Mashhur futbolchilar, ajoyib reklama shartnomalari va boshqa omillar «Chempioship»ning xalqaro maydondagi mavqeyini kundan-kunga o‘sishi uchun xizmat qilmoqda. To‘g‘ri, bu musobaqada g‘alaba qozongan jamoa UYEFA turnirlariga yo‘l olmaydi, ammo kuchli raqobat sababli har bir o‘yin finalga teng.

6,7-o‘rin. Portugaliya chempionati – 1,2 milliard yevro

Eng qimmat klubi – «Benfika» 383 million yevro

Portugaliya klublari so‘nggi yillarda vatandoshlarimiz to‘p surayotgan RPL bilan UYEFA kvotalari borasida kurashib kelmoqda. Ayni damda, biroz ustunlik Portugaliya chempionatida, biroq ushbu yurt klublari olib borayotgan siyosiy yaxshi natija qayd etishga to‘sqinlik qilmoqda. Ular yetakchi futbolchilarni sotib yuborish orqali daromad olishga intilishadi. Ushbu yurt klublari bu borada qolganlardan ancha ilgarilab ketgan.

5-o‘rin. Liga 1 – 3,2 milliard yevro

Eng qimmat klubi – PSJ 785 million yevro

Fransiya chempionatini ushbu ro‘yxatda kuchli beshlikdan o‘rin olishida uchta klub katta rol ijro etdi. Yana 7 ta klubning umumiy qiymati 100 milliondan yuqori. Ayniqsa, PSJning tobora grandga aylanib borayotgani «Liga 1»ning kuchli beshlikdagi o‘rnini yaxshilab bormoqda.

4-o‘rin. Bundesliga – 4,3 milliard yevro

Eng qimmat klubi – «Bavariya» 835 million yevro

Bundesligada jamoalarning moliyaviy qudrati o‘rtasida katta farq yo‘q. Musobaqada ishtirok etuvchi klublarning 8 tasi 200 million yevrodan qimmatroqqa baholanmoqda. 300 million yevroga baholangan klublardan 5 ta mavjud. Umuman olganda, ushbu chempionatdagi barcha klublarning qiymati 100 million yevrodan baland.

3-o‘rin. Italiya “A Seriya” – 5 milliard yevro

Eng qimmat klubi – «Inter» 721 million yevro

Sizni hayron qoldirishi mumkin, biroq 9 ta skudettoni ketma-ket qo‘lga kiritgan «Yuventus»ning tarkibi «Inter»nikidan arzonroq. To‘g‘ri, «Yuve» birnecha transferlar bilan yana birinchi o‘ringa ko‘tarilib olishi mumkin, biroq “A seriya”dagi raqobat tobora kuchayib bormoqda. Shu sababli, yangi mavsumda «zebrlalar»ga oson bo‘lmasligi aniq.

2-o‘rin. Ispaniya «La Liga»si – 5,2 milliard yevro

Eng qimmat klubi – «Barselona» 1,2 milliard yevro

Ispaniya Primerosi so‘nggi 15 yil davomida Yevropada mutlaq hokimlik o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan klublardan tashkil topgan. Shunga qaramay, musobaqada ishtirok etuvchi klublar orasida tabaqalanish mavjud. Ispaniyadagi klublarning 8 tasi elita qatoriga kirgan bo‘lsa, qolganlari o‘rtamiyona jamoalar sanaladi. Misol uchun «Barselona» agar «Elche» bilan to‘qnash kelsa, maydonda milliard yevrolik tarkib 6 millionga baholangan jamoaga qarshi to‘p tepishiga to‘g‘ri keladi. O‘rtadagi farq qay darajada ekanligi haqida bundan ortiq misol keltirishning imkoni yo‘q.

1-o‘rin. Angliya Premiyer Ligasi – 8,5 milliard yevro

Eng qimmat klubi – «Manchester Siti»

APL «La Liga»dan farqli o‘laroq, kuchli raqobatni o‘zida jam qilgan. Bu musobaqada so‘nggi pog‘onadagi klub ham «Siti» yoki «Liverpul»ga qarshi uchrashuvda shou namoyish etishi mumkin. Aynan shu omil sababli APL translyasiyasini butun dunyo sotib oladi. Ushbu yurt futbolini tomosha qilishni istaganlar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Bu esa, ichki raqobatning yanada kuchayib borishiga ta’sir o‘tkazmay qolmayapti.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:19, 15.09.2020.
O'qildi: 8346 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.