Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Andrey Miklyayev: «Lokomotiv» qayta tug‘ilmoqda»

Andrey Miklyayev: «Lokomotiv» qayta tug‘ilmoqda»

Baho:
+ | -

«Lokomotiv» — «Navbahor» (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbon jamoa bosh murabbiyi Andrey Miklyayev ishtirok etdi.

– Muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdik, jamoa saviyasi ko‘tarilmoqda, qayta tug‘ilmoqda desak bo‘ladi. Buni Kopadzening kelishi bilan bog‘lay olamiz. Tushunib turibsiz, tarkibda yoshlar juda ko‘p, jamoada avlodlar almashinuvi davri bo‘lmoqda. Bugun xarakter ko‘rsata olganimizdan xursandman, o‘yin bobida o‘sishga erishyapmiz, hisobni ham foydamizga o‘zgartira oldik. Yigitlarga rahmat demoqchiman, ular bugun yaxshi o‘ynashdi, o‘yin oldidan kiyim almashtirish xonasida berilgan ko‘rsatmalarga qattiq rioya qilishdi. «Andijon»ga qarshi o‘yindan keyin ushbu bahsga qattiq tayyorlandik, ko‘rsatmalar ham bajarildi. G‘alaba orqali turnir jadvalida biroz bo‘lsada ko‘tarildik, endi esa tepaga ko‘tarilishda davom etish kerak. Buyog‘iga ko‘proq ochkolar jamg‘arishga harakat qilamiz.

– Jamoa 90 daqiqa mobaynida tinmay pressing qildi. Murabbiylar shtabi futbolchilarning tez charchab qolishidan qo‘rqmadimi?
– Sizga 90 daqiqa tuyuladi, biroq bu juda qiyin. Agar o‘yinni diqqatlik bilan ko‘rgan bo‘lsangiz, dastlabki 15-20 daqiqa mobaynida raqiblarga qarshi jiddiy bosim uyushtirish vazifasini qo‘ygandik. Buncha vaqt pressing qilishga bugun zaxiramiz ham torlik qilardi. Bugun turli sabablarga ko‘ra 6 futbolchimiz o‘ynamadi. Bunga qadar zaxiramiz ham bunchalik tor bo‘lmagandi, shu boisdan yoshlarga imkon berdik. Qancha pressing qilish kerak bo‘lsa, shuncha ishladik. Kopadze juda quvvatchan inson, futbolchilarni oldinga undab, oxirigacha boshqarib turdi, raqiblar to‘p bilan bo‘lib turgan paytida o‘ylashga vaqt bermadik. Asosiysi, raqib yarim maydonida ham pressing qila oldik.

– «Navbahor» «Lokomotiv» uchun noqulay raqib hisoblanadi. Klubning moliyaviy holati yaxshilanganidan keyin jamoa yutishni boshladi.
– Klubning moliyaviy holati yaxshilanganini qayerdan bildingiz? Bu haqida hatto men hech nima bilmayman. Bizda moliyaviy holat doimo yaxshi bo‘lgan. Muammo bo‘lmagan, muammo bu pandemiya. Karantin davrida kimlardir mashg‘ulot qildi, kimlardir qilmadi. Toshkentda ko‘p muammo bo‘ldi, shahar yopilganida qiynaldik, ko‘chaga chiqa olmadik. Bu muammo. Klubda esa moliyaviy tomonlama muammo bo‘lmadi.

– Dilshod Komilovning o‘yiniga qanday baho berasiz?
– Yosh, iqtidorli futbolchi. Yoshlar tarkibimizdan asosiy jamoaga jalb qildik va imkon beryapmiz. Zoteev, Hoshimov ketganidan keyin ular o‘ynaydigan joylar bo‘shab qoldi, ahamiyat bergan bo‘lsangiz, ularning o‘rniga boshqa futbolchilar olib kelmadik. Yoshlar o‘yindan o‘yinga kuchaymoqda, jamoaga moslashmoqda. Bugun esa jamoadagi barchaga rahmat aytaman.

– Rahbariyat jamoa oldiga qanday vazifa qo‘ygan?
– Ikki o‘yinni yutganimizdan keyin endi har bir o‘yinda maksimal ravishda harakat qilishda davom etamiz. Kapadze uchun ham men uchun ham klubning taqdiri muhim. Tarkibda ko‘plab yulduz futbolchilar bor. Jamoa bunday holatda bo‘lib qolmasligi kerak. O‘yin bobida ham, hisob bobida ham oldinga harakatlanishimiz kerak. Bugungi o‘yinda ham to‘p bir joyda turib qolmadi. Chiroyli o‘yin ko‘rdik. Barchaga rahmat aytaman.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 22:08, 15.09.2020.
O'qildi: 2127 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.