Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Davron Fayziyev: "Bugun olti ochkolik o‘yin bo‘ldi"

Davron Fayziyev: "Bugun olti ochkolik o‘yin bo‘ldi"

Baho:
+ | -

Superligasining 15-tur doirasidagi "Qo‘qon-1912" - "Metallurg" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz katta murabbiyi Davron Fayziyev ishtirok etdi.

- O‘yin haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, bir-biriga o‘xshamagan bo‘limlarga guvoh bo‘ldik. Turnir jadvaliga yonma-yon borayotgan jamoalar bahsi bo‘ldi. Bugungi o‘yin olti ochkoli o‘yin bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limdagi tezkor gol rejalarimizni o‘zgartirib yubordi. Futbolchilarimiz tomonidan yo‘lga qo‘yilgan qo‘pol xatolar raqiblarimiz foydasiga ishladi. O‘z maydonimizdagi birinchi uchrashuvdagi mag‘lubiyat alamli ekanligini aytishim joiz. Keyingi o‘yinlarda yo‘qotilgan ochkolar o‘rnini qoplashga harakat qilamiz. Ertadan boshlab keyingi o‘yinga futbolchilarimizni tayyorlashni boshlaymiz.

Birinchi taymda vaziyatlar yaratdik, lekin ulardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda esa raqibimiz bizni xatolarimizdan unumli foydalanishga harakat qildi va qaysidir ma’noda bunga erishdi. Bugun birinchi bo‘lib biz gol urganimizda boshqacha bo‘lardi. Maydon xolatini mag‘lubiyatga bahona sifatida ko‘rsatmagan bo‘lardim, chunki har ikki jamoa ham mana shu maydonda harakat qildi. Bu bahona bo‘la olmaydi. Futbol shunday o‘yin kimdir g‘alaba qozonadi, kimdir yutqazadi. Hali oldinda 11 ta tur o‘yinlari bor , o‘ylaymanki yo‘qotilgan ochkolarni o‘z joyiga qo‘yishga ulguramiz.

Manba: Қўқон-1912 матбуот хизмати
Kiritildi: 19:53, 16.09.2020.
O'qildi: 3089 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.