Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Dilyaver Vaniyev: «Qizil kartochka bo‘yicha e’tirozim yo‘q»

Dilyaver Vaniyev: «Qizil kartochka bo‘yicha e’tirozim yo‘q»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Coca Cola Superligasi 15-turidan o‘rin olgan "Mash’al" va "Bunyodkor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda toshkentliklar 2:1 hisobida zafar quchdi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida muborakliklar ustozi Dilyaver Vaniyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"O‘yinni barcha ko‘rdi, bahona qilmoqchi emasman, ammo vaziyat shuni taqozo etdi. O‘yinni qaytadan qurib chiqish qiyin kechdi. Bunga raqibning saviyasi ham imkon bermadi. Ruhiy tomondan ham bu ancha og‘ir vaziyat.

Katta kuch yo‘qotishimizga to‘g‘ri keldi. Harakat qilishda davom etamiz. Uyda o‘ynaganimizni esdan chiqarsak ham bo‘ladi: ko‘psonli muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashlari yetishmadi.

"Bunyodkor"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bu - futbol, qizil kartochka borasida hech qanday e’tirozim yo‘q", — dedi Vaniyev.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 20:55, 16.09.2020.
O'qildi: 2220 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик