Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

"Liverpul" 23 yoshli hujumchi bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi

"Liverpul" 23 yoshli hujumchi bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

"Liverpul" "Vulverxempton" forvardi Diogo Jota bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi. Goal xabariga ko‘ra, tomonlar 5 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan.

23 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun "qizillar" qariyb 49 million yevro miqdorida pul to‘laydi, shundan 45 millioni bitimning kafolatlangan qismi, qolgani esa potensial bonuslardir. "Bo‘rilar" moslashuvchan to‘lov shartlariga rozi bo‘lishdi, shuning uchun yaqin 12 oy ichida ularning hisob raqamiga ushbu summaning atigi 10 foizi kiritiladi. Bitimning bir qismi himoyachi Ki-YAni Xuverning "Liverpul"dan "Vulverxempton"ga o‘tishini o‘z ichiga oladi.

Jota "Vulverxempton"ga 2017 yil yozida "Atletiko"dan ijara asosida o‘tgandi va bir yildan so‘ng "bo‘rilar" uning shartnomasini 14 million yevroga sotib olishgandi. O‘shandan beri hujumchi ingliz klubi safida 131 uchrashuv o‘tkazgan va 44 gol urgan.

Bu mersisaydliklarning ushbu haftadagi ikkinchi yirik transferi. 18 sentyabr kuni "qizillar" yarim himoyachi Tyago Alkantara jamoasiga o‘tganligini e’lon qilishdi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 10:32, 19.09.2020.
O'qildi: 6081 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.