O‘zbekiston Superligasi 15-tur o‘yinlari yakuniga yetdi. Har doimgidek tur lauretlarini e’lon qilishda davom etamiz.
Stadion.uz talqiniga ko‘ra, Superliga 15-turining eng yaxshi murabbiyi deb “Metallurg” bosh murabbiyi Andrey Shipilov topildi.
Ushbu mutaxassis qatorasiga 4 uchrashuvdan mag‘lub bo‘lmayapti va ushbu turda ham, kuchli uchlik uchun yaqin ta’qibchisi hisoblangan “Qo‘qon-1912“ jamoasini mehmonda dog‘da qoldirdi.