Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Tyago «Liverpul»da! Bu Messining «Man Siti»ga o‘tishdan yaxshiroq effekt beradi!

Tyago «Liverpul»da! Bu Messining «Man Siti»ga o‘tishdan yaxshiroq effekt beradi!

Baho:
+ | -

Stadion.uz «Liverpul»ning yangi transferi haqida fikr almashadi.

YECHLdagi oltin medallarni qo‘lga kiritilgach, Alkantara 7 yillik sokin hayotiga barham berishga qaror qildi. «Bavariya»ning ketma-ket chempionligiga ko‘nikib qolgan futbolchi o‘sishdan to‘xtab qolmaslik uchun ham «Liverpul»ning chaqiruviga labbay deb javob berdi. Myunhen klubida intilish mumkin bo‘lgan yagona cho‘qqi bor edi. U ham PSJ ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, zabt etildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, u bilan «Barselona» jamoasi ham jiddiy qiziqib qolgan, biroq «Liverpul» variant qiziqroq tuyuldi.U «Liverpul»ning chempionlikni takrorlashi uchun yordam beradi

«Siti»ning Messi bilan shartnoma tuzishi haqidagi mish-mishlar urchib ketgan paytda, Runiy «Talksport» nashri uchun ajoyib intervyu berib o‘tdi:

“Keyingi mavsumda ham APL g‘olibligi ikki klubdan biriga tegishli bo‘ladi. Agar «Liverpul» Tyagoni qo‘lga kiritsa, chempionlikni muddatidan avvalroq ularga berish mumkin. Bu transfer Messining «Man Siti»ga o‘tishidan ham yorqinroq bo‘lishi aniq. Sababi, Kloppga aynan Alkantaraning formatidagi futbolchi kerak edi.”

To‘g‘ri, «Liverpul»ning maydon markazini kuchsiz deb bo‘lmaydi, ammo ularga bir e’tibor qarating! Fabinyo asosan tayanch zonasida ko‘rinish beradi. Xenderson himoya va hujum o‘rtasidagi ko‘prik. Veynaldum esa, chinakam zaxiradagi dinamit. Istalgan daqiqada o‘yinga qo‘shilib vaziyatni tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bu uchlik o‘z yo‘nalishida tengsiz, ammo ulardan hech biri Tyago Alkantara bilan taktik tayyorgarlik borasida bellasha olmaydi. Ispan to‘pni markazda ushlab turishi, qarshi hujumni ta’minlashi, kerakli paytda tempni oshirish yoki tushirishga qodir. Tyago Kloppning «qudratli» mashinasini ishga tushirib yuborishga qodir so‘nggi vintik vazifasini o‘tab berishi mumkin.

«Liverpul»ni o‘zgartirib yuborishga qodir piyaninachi

Yurgen Klopp o‘z o‘yin uslubi sababli Rok-n-rol ijrochisiga qiyoslanadi. “Menga o‘yin davomida 80 foiz to‘pni nazorat qilish orqali g‘alaba qozonish yoqmaydi. Bu men uchun yetarli emas. Menga jismoniy kuchga tayangan futbol ma’qul keladi. Yomg‘irli kecha, og‘ir maydon, maksimal darajada kuch sarflash va usti boshi rasvo bo‘lgan futbolchilar! Mana men nima uchun murabbiylikni tanlaganman! Afsuski, bundan o‘yinlardan so‘ng, futbolchilar bir hafta tiklanishlari lozim.”

Murabbiy Dortmund klubi safidagi o‘yinlari bilan agressivlik namoyish etar edi. «Liverpul» bilan shartnoma imzolagach, qahramonimiz ilk mavsumda o‘z uslubidan chekinmadi. Keyinroq, Klopp taktika va strategiya borasida o‘sishni boshladi. Ushbu progress pik nuqtasiga chiqqach, APL va YECHL zabt etildi.

Agar Tyago 5 yil avval Klopp ixtiyorida bo‘lganida, balki Yurgen undan foydalana olmagan bo‘lar edi. Endi esa, vaziyat tubdan o‘zgardi. Angliyadagi qarama-qarshilik murabbiyni turli-tuman uslubdan foydalanishga o‘rgatdi. Bugun Yurgen ispandan o‘yin borishini tubdan o‘zgartirishda foydalanishga qodir.

Tyagoni tarkibda bo‘lishi, «Liverpul»ning o‘yin davomida vaziyatni o‘zgartirishiga ko‘mak beradi. Agar «Liverpul» to‘liq pressingga tayansa, Xenderson, Fabino, Veynaldum uchligini ko‘rishimiz aniq. Agar, «avtobus»ga tayangan raqib bo‘lsa, Tyago to‘p nazorati va vaziyat yaratish borasida benazir. Shuningdek, to‘p nazorati bilan bog‘liq har qanday vaziyatda Tyago asqatishi turgan gap. Ushbu transfer orqali, Klopp «Liverpul»ning o‘yinga o‘zgacha ruh qo‘shdi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Ispaniyalik futbolchi «Liverpul»ning bu mavsumdagi o‘yinlariga rang-baranglik qo‘shibgina qolmay, maydondagi brak uzatmalar sonini ham kamaytirishi aniq. Qahramonimiz hujum boshlashda ham uni shakllantirishda ham birdek faol. Umumiy qilib aytganda, «Liverpul» o‘z o‘yin uslubini yanada takomillashtirishga qodir futbolchini qo‘lga kiritdi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:10, 20.09.2020.
O'qildi: 6448 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.