Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettirishi mumkinligi haqida Marca nashri ma’lumot bermoqda.
33 yoshli urugvaylik hujumchining agenti o‘z mijozini "Qirollik klubi" rahbariyatiga tavsiya qilgan. Kavani "PSJ" klubi bilan shartnomasi yakuniga yetganidan so‘ng, ayni paytda erkin agent sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kavanining o‘zi xizmatlarini "Barselona" klubiga taklif qilgandi.