Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 0-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 0-0 OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

"Bunyodkor" - AGMK: prevyu

"Bunyodkor" - AGMK: prevyu

Baho:
+ | -

Superliganing 16-turi doirasida AGMK Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi bilan to‘qnashadi.

Bo‘lajak o‘yin ushbu jamoalarning o‘zpro barcha musobaqalardagi umumiy hisobda 33-uchrashuviga aylanadi. AGMK va "Bunyodkor" qarama-qarshiligi tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, o‘tkazilgan o‘yinlarda 7 marotaba jamoamiz g‘alabani tantana qilgan, 6 bor durang qayd etilgan va 19 marta "Bunyodkor" g‘alaba qozongan. To‘plar nisbati ham "qaldirg‘ochlar" foydasig‘a: 61-35.

AGMKni Mirjalol Qosimov, "Bunyodkor"ni esa Vadim Abramov boshqarayotgandan buyon ushbu jamoalar uchun bo‘lajak o‘yin hisob bo‘yicha oltinchi bahsga aylanadi. O‘tgan yili har uchala frontda duch kelgan AGMK va "Bunyodkor" bellashuvlarida chempionat doirasida "Bunyodkor" Olmaliqda g‘alaba qozongan bo‘lsa, Toshkentdagi o‘yinda AGMK "qaldirg‘ochlar"ga imkoniyat qoldirmay mag‘lub etgandi. Shuningdek, Liga Kubogi va O‘zbekiston Kubogi doirasidagi uchrashuvlarda AGMK yaqqol ustunlik bilan g‘alabani tantana qilgandi. Joriy mavsum esa birinchi davrada jamoamiz “qaldirg‘ochlar”ni ishonchli tarzda mag‘lub etishgandi.

Ayni paytda jamoalar turnir jadvalida yonma-yon joylashishgan. AGMK 30 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, "Bunyodkor" 29 ochko to‘plagan holda "Nasaf" bilan 3-o‘rinni bo‘lishib turibdi.

Ma’lumot o‘rnida: AGMK O‘zbekiston milliy chempionatlari tarixidagi 355-uchrashuvi ostonasida turibdi. Jamoa elitada o‘tkazilgan 354 o‘yindan 127tasi g‘alaba qozongan, 151 mag‘lubiyat va 76 bellashuvda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati: 488-514.

"Bunyodkor" joriy mavsum faqatgina ikki bor mag‘lubiyatga uchragan. Mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni aynan jamoamizdan qabul qilgan "qaldirg‘ochlar" ikkinchi bor mamlakat chempioni "Paxtakor"ga imkoniyatni boy berishgandi.

Uchrashuvni iqtidorli hakam Jasur Muxtorov boshqarib boradi. Bu Muxtorovning jamoamiz ishtirokidagi 7-o‘yiniga aylanadi. Mazkur hakam boshqargan bahslarda AGMK 4 g‘alaba, 1 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.

Superliga, 16-tur.

22 sentyabr, seshanba

«Bunyodkor» — AGMK

“Bunyodkor” stadioni.

Boshlanish vaqti: 18:00

Manba: АГМК матбуот хизмати
Kiritildi: 23:37, 21.09.2020.
O'qildi: 2797 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик