Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Xayrulla Hamidovdan anons: Bo‘rilar ovda

Xayrulla Hamidovdan anons: Bo‘rilar ovda

Baho:
+ | -

Ko‘pgina mutaxassislarning nazdida bu yil g‘olib bo‘lishga da’vogar – "Man Siti". Lekin Pep shogirdlari yangi mavsumni og‘ir jamoaga qarshi bahs bilan boshlashmoqda. “Vulxerxempton” o‘tgan mavsum ikki marta dog‘da qoldirgan “shaharliklar”ni, umumiy – olti o‘yinning bittasidagina mag‘lubiyatga uchrashgan, shu ham barvaqt olingan qizil kartochkaning hisobiga. Nunu Eshpiritu yigitlari chindan ham “Manchester Siti” kushandasiga aylanib bo‘lishgan.

Xo‘sh, yangi mavsumda ham ulardan shunday ishni kutishimiz mumkinmi? Nega kutmas ekanmiz, “bo‘rilar” birinchi turni zo‘r boshlab olishdi – chaqilmas “Sheffild” uyidan g‘alaba, bu galgisi qadrdon “Molinyu stedium”dagi o‘yin.

Buning ustiga Gvardiola ixtiyorida ko‘p o‘yinchilar yo‘q. Agueroning yo‘qligiga o‘rganib bo‘ldik, Lyaport endi-endi qaytdi mashg‘ulotga, Gyundoganda sal avval koronavirus aniqlandi – karantinga ketdi.

Mana shuncha muammolari bilan manchesterliklar saf tortishadi. Ammo biz bilamizki, Pep o‘yinga kutilmagan nedir ulashadi. Shu “nedir”ni kuzatish uchun 00:15dan boshlanadigan uchrashuvga siz azizlarni taklif etamiz. Birgalikda tomosha qilamiz.

Manba: Хайрулла Ҳамидов телеграм канали
Kiritildi: 23:44, 21.09.2020.
O'qildi: 3098 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик