Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Futzal. Superkubok o‘yiniga prevyu

Futzal. Superkubok o‘yiniga prevyu

Baho:
+ | -

Bugun – 22 sentyabr kuni Olmaliq shahrida futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘yin bo‘lib o‘tadi. Unda amaldagi mamlakat chempioni va kubogi sohibi – AGMK jamoasi O‘zbekiston kubogi finalchisi “Lokomotiv”ga qarshi bahs olib boradi.

Ushbu jamoalar Superkubok o‘yiniga turli kayfiyatda yetib keldi. Aleksandr Petrov boshqaruvidagi AGMK jamoasi ortda qolgan 4 turdan so‘ng 27 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.

Mavsum avvalida olmaliqliklar safini bir qator yetakchi futzalchilar tark etgan bo‘lsada, jamoa yaxshi o‘yin namoyish etmoqda. 11 o‘yinda 9 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan Petrov shogirdlari bu mavsum ham chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi.

Ikki karra O‘zbekiston chempioni va yana shuncha bor O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan “Lokomotiv” jamoasi uchun mavsum oson o‘tayotgani yo‘q. Ahad Yusupov qo‘l ostida “temiryo‘lchilar” joriy mavsum chempionat doirasida 11 uchrashuvda ishtirok etdilar va ularda 3 g‘alaba, 1 durang hamda 7 mag‘lubiyat qayd etildi.

Iqtibos

Sevastyan Mojayev (“Lokomotiv” futzalchisi): “Hozircha ishlarimiz yaxshi emas, jamoamiz natijalari ijobiy tomonga o‘zgarmayapti. Biz ko‘prog‘ini istaymiz. O‘z ustimizda ko‘proq ishlashimiz kerak. Ayni damda jamoaning katta qismini yoshlar tashkil qiladi. Albatta, tajribali futbolchilar bor, lekin ayrimlari futzaldagi ilk mavsumini o‘tkazmoqda.

“Paxtakor” va AGMKga qarshi o‘ynash juda qiyin. Ushbu jamoalar tarkibida O‘zbekiston milliy termasida o‘ynayotgan futzalchilar yig‘ilgan. Ha, milliy chempionat yildan yilga kuchayib bormoqda. Buni jamoalardagi o‘sishdan ham kuzatish mumkin.

Ammo, ushbu mavsumdagi o‘yinlarga qaraydigan bo‘lsak, AGMK — o‘ynasa bo‘ladigan raqib. Jamoani bir necha tajribali futzalchilar tark etgan. Biroq kurash oson bo‘lmaydi, biz ham osonlikcha qo‘l ko‘tarmaymiz.

Ertaga maksimal kayfiyatda to‘p tepamiz. AGMKni yuqori ishtiyoq evaziga mag‘lub etish mumkin. Futzalchida raqibga qaraganda g‘alabaga tashnalik yuqori bo‘lishi kerak”.

Husniddin Nishonov (AGMK futzalchisi): “Ertaga yaxshi o‘yin bo‘ladi. “Lokomotiv” yaxshi shakllangan jamoa sanaladi. Tarkib biroz yoshartirilganligini ko‘rish mumkin. O‘ylashimcha, ertaga kim ko‘proq mehnat qilsa, o‘sha jamoa g‘alaba qozonadi. Ayni vaqtda bor diqqat e’tiborimiz bo‘lajak uchrashuvga qaratilgan”.

AGMK jamoasi tarkibi

Bosh murabbiy – Aleksandr Petrov

Murabbiy – Andrey Shlema

 

Futzalchilar

1

Rutam Umarov

2

Abbosbek O‘lmasbekov

3

Timur Berdiyev

4

Ixtiyor Ropiyev

5

Ilhomjon Hamroyev

6

Abdulla Solixov

7

Davronjon Abdurahmonov

8

Husniddin Nishonov

9

Alan Aminov

10

Davron Valijonov

11

Artur Yunusov

12

Akobirjon Shokirjonov

15

Po‘lat Olimov

17

Muzaffar Ahadjonov

19

Davron Choriyev

22

Anasxon Rahmatov

 

“Lokomotiv” jamoasi tarkibi

Bosh murabbiy – Ahad Yusupov

Murabbiy – Farhod Mirahmedov

Futzalchi

1

Klim Tyugayev

5

Jamshid Rasulov

7

Husniddin Ashurov

8

Mirzohid Haydarxo‘jayev

9

Fotix Vosiqov

10

Sevastyan Mojayev

11

Jamoliddin Sharipov

12

Zabixillo Dolimov

13

Sherzod Xo‘jayorov

19

Ilhomjon Karimov

22

Boburbek Ergashev

23

Xabibullox Muhammadjonov

24

Xayrulla Solixov

25

Ravshanbek Asqarjonov

33

Humoyun Sultonov

37

Sarvar Shoahmedov

 

Anons

AGMK va “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston Superkubogi bahsi ertaga soat 14:00 da start oladi. Mazkur bellashuv “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

20 daqiqadan iborat ikki bo‘limda g‘olib aniqlanmasa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri penaltilar seriyasiga murojaat etiladi.

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi

22 sentyabr, seshanba

14:00 AGMK – LOKOMOTIV

Olmaliq. OKMK sport majmuasi

Hakamlar: Askarbay Arzibekov, Farruh Muzaffarov, Sultonmurod Abdurahmonov

Vaqt uchun mas’ul hakam: Nikita Afinogenov

Nazoratchi: Timur Abdullayev.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 03:09, 22.09.2020.
O'qildi: 1944 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.