Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

”Navbahor” PFKda yig‘ilish o‘tkazildi

”Navbahor” PFKda yig‘ilish o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingoh foyesida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Namangan viloyat futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Shuhrat Mirahmadshayevich Mirxoldirshoyev, “Navbahor” PFK vise-prezidenti Oybek Arifovich Samatov, shuningdek, klub rahbariyati, xodimlari, “Navbahor” jamoasi murabbiylar shtabi va futbolchilari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda “Navbahor”dagi ichki muhit, jamoaning so‘nggi o‘yinlardagi omadsizligi sabablari, ijtimoiy tarmoqlarda “Navbahor” to‘g‘risida bildirilayotgan turli fikrlar, shuningdek, jamoamizning Coca Cola Superligasining 17-turidan o‘rin olgan Qarshining “Nasaf” jamoasiga qarshi kechadigan o‘yiniga tayyorgarlik bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

Ushbu masalalar bo‘yicha “Navbahor” PFK vise-prezidenti Oybek Samatov, Namangan viloyat futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Shuhrat Mirxoldirshoyev,”Navbahor” PFK direktori Baxtiyor Nurmatov, jamoa bosh murabbiyi Andrey Antanasovich Kanchelskis, murabbiy No‘’mon Hasanov, jamoa sardori Azimjon Ahmedov, bundan tashqari, futbolchilardan Ivan Solovyov, Igor Golban, Ruslan Bolov, O‘tkir Yusupov, Davron Hoshimov hamda Mirzohid G‘ofurov so‘zga chiqib, o‘z fikrlarini bildirishdi.

Jumladan, “Navbahor” PFK vise-prezidenti Oybek Samatov “Navbahor”ga murabbiy Ilhom Mo‘minjonovning taklif etilganligi asossiz ekanligi, Mo‘minjonov bilan hech qanday muzokara olib borilmaganligini aytib o‘tdi.  

 Futbolchilar ham ijtimoiy tarmoqlarda “Navbahor” to‘g‘risida tarqalayotgan ma’lumotlarning haqiqatdan ancha yiroq ekanligi, klub rahbariyati tomonidan jamoaga barcha sharoitlar yaratib berilayotganligi, jamoadagi ichki muhit a’lo darajada ekanligi, faqatgina so‘nggi o‘yinlarda jamoadan omad yuz o‘girayotgani, keyingi o‘yinlarda maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushib, zafar quchish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishlari, “Nasaf” bilan bo‘ladigan o‘yinda jamoaning omadsizligiga barham berib, g‘alaba qozonish niyatida ekanliklarini ta’kidlashdi.

O‘z navbatida klub rahbariyati ham “Navbahor” jamoasiga bo‘lajak o‘yinlarda omad yor bo‘lishini tiladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.   

Kiritildi: 00:34, 23.09.2020.
O'qildi: 3610 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик