Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Dilyaver Vaniyev: «Mag‘lubiyat yanada jiddiyroq ishlashimiz kerakligini ko‘rsatib bermoqda»

Dilyaver Vaniyev: «Mag‘lubiyat yanada jiddiyroq ishlashimiz kerakligini ko‘rsatib bermoqda»

Baho:
+ | -

Superliganing 16-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Mash’al" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar katta murabbiyi Dilyaver Vaniyev o‘z fikrlarini bildirdi.

"O‘yin haqida nima deyishim mumkin? Albatta, oxirgi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborib mag‘lub bo‘lish alamli. "Qizilqum" bugun g‘alaba qozondi, lekin fikrimcha, teng o‘yin bo‘ldi deb o‘ylayman. Oxirgi daqiqalarda himoyada bunlay qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak edi. Navbatdagi o‘yinga tayyorlanamiz va xatolar ustida ishlaymiz. Alamlisi o‘tgan tur o‘z maydonimizda ham mag‘lub bo‘lgandik, bugun esa bunday holat. Mag‘lubiyat yanada jiddiyroq ishlashimiz kerakligini ko‘rsatib bermoqda.

Botir Nosirovning faoliyatini yakunlagani noto‘g‘ri ma’lumot. Lekin, jamoamizda o‘ynovchi murabbiy bo‘lib qolgan. Vaziyat shuni taqozo etgani uchun uni maydonga tushurdim, asosiy tarkib darvozaboni qizil kartochka olgan edi. Ikkinchi darvozabon esa jarohat olgan. Botir Nosirovga ortiqcha e’tirozim yo‘q. U faoliyatni yakunlasa ham jamoamizda murabbiy sifatida ishlayveradi.

Humoyun Murtazoyev qo‘lini sindirib oldi, katta bo‘lmagan jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Tiklanishi uchun esa vaqt kerak", — deydi Dilyaver Vaniyev.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 06:34, 23.09.2020.
O'qildi: 1868 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик