Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Kosta APLga ko‘chib o‘tadimi?

Turinning “Yuventus” jamoasi yarim himoyachisi Duglas Kosta faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

“Tuttomercato” nashrining ma’lum qilishicha, futbolchi bilan “Vulverhempton” jamoasi jiddiy qiziqib qolgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, 29 yoshli futbolchining agenti Xorxe Mendesh mijozining hizmatlarini “bo‘rilarga” taklif etgan.

Veynaldum ketadimi?

Angliyaning “Liverpul” jamoasi yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum faoliyatini “Barselona”da davom ettirshga yaqin turibdi.

“FootballInsider” nashrining ma’lum qilishicha, gollandiyalik futbolchi “Liverpul” bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortgan. Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchi mavsum so‘nggida erkin agent maqomida klubni tark etishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Veynaldumning “Liverpul” bilan tuzgan shartnomasi 2021-yilda o‘z yakuniga yetadi.

“Barsa” himoyachi izamoqda

Kataloniyaning “Barselona” klubi Nelson Semeduni sotib yuborgach, uning o‘rnini to‘ldirishga qodir futbolchi izlashga tushib ketdi.

Sport.es nashrining ma’lum qilishicha, klub “Norvich”ning yosh va iqtidorli himoyachisi Maks Aarons bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan.

“The telegraph”  nashrining ma’lum qilishicha, Aarons uchun “Barselona” 20 million yevro sarf qiladi.

PSJ ishga kirishdi

Angliyaning “Tottenhem” jamoasi yarim himoyachisi Dele Alli faoliyatini Parijda davom ettirishga juda yaqin turibdi.

“The telegraph” nashrining ma’lum qilishicha, PSJ 24 yoshli futbolchinni bir mavsumga ijaraga olish niyatidan.

Eslatib o‘tamiz, Dele Alli APLning ikkita turida ham maydonga tushgani yo‘q. Ingliz futbolchisi o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida Londonni tark etish niyatida.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:56, 23.09.2020.
O'qildi: 9243 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.