Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

"Paxtakor" murabbiyi: "Guruhdan chiqib, bosimdan xalos bo‘ldik deb o‘ylamayman"

"Paxtakor" murabbiyi: "Guruhdan chiqib, bosimdan xalos bo‘ldik deb o‘ylamayman"

Baho:
+ | -

"Shahr Hodro" bilan bahsdan so‘ng "Paxtakor" yordamchi murabbiyi Piter Xyuistra matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

- Bugungi g‘alabadan juda xursandmiz. O‘yin boshlanguncha biz guruhimizdagi o‘zgarish haqida bilmagandik. Maqsadimiz bu bahsda yutish edi va faqat shu to‘g‘risida o‘yladik. Ushbu g‘alaba nafaqat jamoamiz, balki o‘zbek futboli uchun ijobiy hodisa deb hisoblayman.

Shotada koronavirus aniqlangani hammamiz uchun kutilmagan hol bo‘ldi. U tufayli aynan shu yerdamiz, shu darajaga yetib keldik. "Paxtakor" loyihasida katta o‘rin tutadigan insonlardan biri. U nafaqat o‘zini, balki boshqalarni ham juda ayaydi. Afsuski, ushbu pandemiyani boshqarishning imkoni yo‘q. Shota bilan uch yildan beri ishlab kelyapmiz. Bizda ajoyib mutaxassislar va futbolchilar yig‘ilgan. O‘yinchilar professional va o‘z ishiga nisbatan juda intizomli. Mashg‘ulotlarda birgalikda mehnat qilib, o‘yinlarga tayyorlanishda davom etamiz. U ham o‘z maslahatlarini beradi, qanday mashg‘ulot o‘tkazish, o‘ynash, raqibning imkoniyatlari borasida maslahatlashamiz.

Guruhdan chiqib, bosimdan xalos bo‘ldik deb o‘ylamayman. Chunki musobaqaning hal qiluvchi qismi oldinda. Bu yerda xato qimmatga tushadi. Biz oldimizda turgan uch o‘yinni o‘ynashga intilamiz.

Biz "Hilol"ning musobaqadan chetlatilganini bilmasdan maydonga tushdik. Shu sababli tarkibni o‘zgartirish imkoni yo‘q edi. Lekin futbolchilar o‘yin sur’atini saqlab qolishida bir tarafdan bu yaxshi bo‘ldi. Masalan, Jalol singari o‘yinchilar hamisha futbol o‘ynashni yoqtirishadi, ularning xobbisi ham futbol. Jamoaviy harakatlar yaxshiroq ko‘rinish olishida ham bu foydali.

"Istiqlol" musobaqada bizdan ikkita kamroq o‘yin o‘tkazdi. Bu ularga foyda yoki zarar ekanini uchrashuvda bilib olamiz. Biz bor kuchimizni ishga solishga urinamiz.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 04:30, 24.09.2020.
O'qildi: 4072 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.