Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Masharipov: "Guruhda yaxshi o‘yin ko‘rsata oldik"

Masharipov: "Guruhda yaxshi o‘yin ko‘rsata oldik"

Baho:
+ | -

"Shahr Hodro" bilan bahsdan so‘ng o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan "Paxtakor" vingeri Jaloliddin Masharipov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘z imkoniyatimning 70 foizi darajasida o‘ynadim deb hisoblayman. Bu turnirda ancha qiyinroq bellashuvlarni ham o‘tkazganmiz. Avvalgi uch uchrashuvda yuta olmaganimiz sababli bugun yutishimiz kerak edi. Vaziyatlardan foydalanishda bu sal xalal berdi. "Hilol" haqida umuman o‘ylamadik. Yigitlar bilan gaplashib, bor kuchimizni berish haqida bir-birimizga aytgandik. Guruhda yaxshi o‘yin ko‘rsata oldik. Musobaqada uzoqroqqa yetib borishni istaymiz.

Har o‘yindan so‘ng jamoada yigitlar bilan bahsni tahlil qilib chiqamiz. Qanday o‘ynadik, xatolar, yaxshi jihatlar xususida suhbatlashamiz. Chempionlar Ligasida juda ko‘p vaziyatlar bo‘lmaydi, bunda 2-3 imkoniyatdan gol urib ketish kerak. Biz kamchiliklarimizga barham berish ustida ishlaymiz. O‘zimga kelsak, 2-3 nafar raqib juda yaqin o‘ynamoqda. Murabbiylar menga imkon bo‘lishi bilan raqiblarni aldashga harakat qilishim haqida aytishadi, albatta. Navbatdagi bellashuvlarda yanada ko‘proq urinib, jamoaga foyda keltirishga urinaman.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 04:40, 24.09.2020.
O'qildi: 3090 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик