Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta

Xuan Mata : «Muammo ruhiy holatda»

Xuan Mata : «Muammo ruhiy holatda»

Baho:
+ | -

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi futbolchisi Xuan Mata «qizil iblislar»ning APLni mag‘lubiyat bilan boshlaganiga izoh berib o‘tdi. "Sky Sport" nashri uchun intervyu bergan futbolchi nima uchun jamoaviy o‘yinda muammolar bor ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

"Bilasizmi, jamoamiz APL startini kutilmagan natija bilan boshladi. Bu tashqaridan juda g‘alati ko‘rinishi mumkin, ammo bu bejiz emas.

Jamoamizning jismoniy holati ajoyib holatda. Yangi mavsumdagi uchrashuvlarda jismoniy tayyorgarlik borasida hech qanday gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Yigitlar har haftada 90 daqiqa katta kuch bilan to‘p surishga qodir.

Murabbiylar shtabining uchrashuvga tanlagan taktikasini ham xato edi deb bo‘lmaydi.

Gap shundaki, klub futbolchilari uzoq muddat birga to‘p surgani yo‘q. Aynan shu omil sababli «Manchester Yunayted»ning ilk uchrashuvdagi o‘yini yorqin o‘tmadi. Bundan tashqari, ruhiy holatni ham alohida qayd etib o‘tmoqchiman. Agar futbolchi maydonda 90 daqiqa harakat qilsa va natijaga erisha olmasa, bu unda kichik depressiyaning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Bu vaziyatdan chiqib ketish uchun tezroq g‘alabalar seriyasini boshlab olish lozim. Birin-ketin g‘alabalar insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini ortga qaytaradi. Agar siz maydonga tushgan o‘yiningizda yaxshi to‘p sursangiz, keyingi o‘yinda tanangizni yanada yaxshiroq his etasiz.

Biz anchadan beri birga mashq qilmaganimiz sababli o‘yin ritmini biroz unutib qo‘ydik. Endi tezroq g‘alaba qozonishimiz lozim. Ana shunda o‘zimizga bo‘lgan ishonchimizni ortga qaytarib olishimiz mumkin."

Manba: Sky Sport
Kiritildi: 11:52, 24.09.2020.
O'qildi: 3346 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.